Delegatsiya tashrif doirasida CUNY universitetining School of Education (Ta’lim maktabi) boshligʻi Dr.Burnett Joiner hamda School of Science and Technology (Fan va texnologiyalar maktabi) boshligʻi Dr.Ralf Peetz lar bilan uchrashib, fakultetlarida bo‘lib, ularning o‘quv jarayoni, ilmiy laboratoriyalari, innovatsion ta’lim texnologiyalari bilan yaqindan tanishdi.
Uchrashuvlarda qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, professor-o‘qituvchilar almashinuvi, talabalar uchun qisqa muddatli o‘quv dasturlari va zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish imkoniyatlari muhokama qilindi.



Shu bilan birga, JDPU delegatsiyasi School of Education professori Dr. Jane Marcus tomonidan tashkil qilingan «International Relations and Language» darsi jarayonida ishtirok etishdi.
Shuningdek, tomonlar o‘qituvchilar malakasini oshirish dasturlarini birgalikda tashkil etish, xalqaro ilg‘or tajribalarni O‘zbekiston ta’lim tizimiga tatbiq etish hamda pedagogika, STEM yo‘nalishlari va amaliy fanlar bo‘yicha uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarida kelishuvlarga erishdilar.



Mazkur tashrif Jizzax davlat pedagogika universitetining xalqaro aloqalarini kengaytirish, ta’lim sifatini oshirish hamda ilmiy salohiyatni yuksaltirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.
