Yangiliklar
Yangiliklar
|
08/08/2022
Chop etish
JDPU da ko‘zi ojiz abiturientlar uchun  imtihonlar boshlandi.

Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan  sakkiz nafar ko‘zi ojiz abiturientlar uchun  komissiya ishtirokida imtihonlar boshlandi.

Ochiqlik, shaffoflik va adolatni ta’minlash maqsadida sinovlarga abiturientlarning ota-onalari ham taklif etilib ular bevosita jarayonni kuzatib borishmoqda.

Ayni paytda abiturientlar  majburiy blokdan biri ona-tili fanidan og‘zaki   savol-javoblarda ishtirok etishmoqda. Javoblar besh balli tizim asosida baholanadi. Imtihonlarda  O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati  Jizzax viloyati bo‘limi hamda  Sayiljoyi akademik litseyidan vakillar  ishtirok etishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, hukumatning 2017 yil 20 iyundagi qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, ko‘zi ojiz abiturient imtihonda har bir fandan kamida “3” baho olsa, o‘qishga kirgan hisoblanadi.


Ulashish:
994
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida «Bitiruvchi – 2026» tantanali bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi
Tantanali marosimni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Gafurjonovna Karimova ochib berdi.
JDPUda kasbiy (ijodiy) imtihonlar: 4-kun
9–11-iyul kunlari «Sport faoliyati (futbol)» hamda «Sport faoliyati (voleybol)» ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha imtihonlar o‘tkazilada.
«Kitobxon yoshlar ligasi» respublika bosqichi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida «Kitobxon yoshlar ligasi» respublika ko‘rik-tanlovining 2026 yilgi 2-mavsumi respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.