“Jaholatga qarshi ma’rifat”
Universitetining Tabiiy fanlar fakulteti talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan davra suhbati ana shunday nomlandi.
Tadbir mavzu doirasida ishlangan videolavhaning namoyishi bilan boshlandi. Bilimsizligi ortidan aldov yo‘li bilan terroristik guruhlar qo‘liga tushib qolgan yoshlarning ayanchli taqdiri xaqida hikoya qilguvchi videolavha tomoshabinlarda chuqur taassurot qoldirdi desak xato qilmagan bo‘lamiz. Buning tasdig‘ini tadbir ishtirokchilarning bildirgan fikr mulohazalari hamda munosabatlaridan ham bilish mumkin edi. Tadbirda ishtirok etgan huquq tartibot idoralari vakillari o‘z so‘zlarida bugungi tahlikali zamonda diniy ekstremizm, giyohvandlik, odam savdosi, diniy aqidaparastlik kabi jirkanch to‘rga bilib bilmay tushib qolayotgan yoshlarimiz kirib borayotgani buning oqibatida noxush holatlar yuzaga kelayotganini aytib o‘tishdi. Mavzu doirasida berilgan savollarga javoblar berishdi.