Yangiliklar
Yangiliklar
|
03/06/2021
Chop etish
Iqtidor egalari

Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika  instituti San’atshunoslik fakulteti “Rang tasvir (dastgoxli)” yo‘nalishi“Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi”ga nomzod  210-guruh talabasi Normatov Shuxrat Farxod o‘g‘li 2019 yilda Jizzax davlat pedagogika institutining “San’atshunoslik” fakulteti “Rang tasvir (dastgohli)” yo‘nalishiga shartnoma asosida o‘qishga qabul qilingan.

Shuxrat Normatov  aql-zakovat, bilimdonlik talab etilgan har qanday ishda o‘zini ko‘rsata oladi va dadillik bilan yangiliklarni qo‘llashga intiladi. Iqtidorli talaba sifatida o‘zining takliflari bilan faol ishtirok etib kelmoqda. Jumladan 2019 yilning sentabr oyida O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi tomonidan o‘tkazilgan “Yoshlar Vatan izmatida rostgo‘ylik va qonunlarni xurmat qilish tarafdori” mavzusida o‘tkazilgan ijodiy ishlar tanlovida “Eng yaxshi plakat” nominatsiyasida faxrli 2-o‘rinni egallaganligi uchun diplom bilan taqdirlangan, shuningdek xuddi shu yilning oktabr oyida  Jizzax davlat pedagogika instituti San’atshunoslik fakultetining talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Fakultetning eng yaxshi logotipi” tanlovida faol ishtiroki uchun ham taqdirlangan. 2020 yilning yanvar oyida O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi tomonidan o‘tkazilgan “Mening birinchi prezidentim” deb nomlangan rasmlar tanlovida faxirli 3-o‘rinni egallagan, mart oyida esa  Jizzax davlat pedagogika institutining talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Uyda qoling” tanlovida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan .  Iqtidorli talaba Shuxrat  Normatov o‘quv faoliyati davomida o‘quv rejasidagi barcha fanlarni a’lo baxolarga o‘zlashtirib kelmoqda.

Quyida “Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi” ga nomzod Shuxrat Normatovning ijodiy ishlaridan namunlar keltirilgan

 


Ulashish:
1 252
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi.
JDPU va “Unicorn International Foundation” o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda “Unicorn International Foundation” nodavlat ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi hamda xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga abituriyentlarni jalb qilish...
Jizzaxda test sinovlarining ikkinchi kuni davom etmoqda
Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida imtihonlar ikki smenada tashkil etilmoqda. Kun davomida 1 500 ga yaqin abituriyent test sinovlarida ishtirok...