Yangiliklar
Yangiliklar
|
27/04/2018
Chop etish
Institutimizga Toshkentdagi Fransiya respublikasi elchixonasi Oliy Ta’lim masalalari bo’yicha attashe Sofi Jindt xonim tashrif buyurdi

Joriy yilning 25 aprel kuni institutimizga  Toshkentdagi Fransiya respublikasi elchixonasi Oliy Ta’lim masalalari bo’yicha attashe Sofi Jindt xonim tashrif buyurdi.  Mexmonni institut rektori prof. A. Xolbekov, institut ilmiy ishlar prorektori dos. M. Sultonov hamda Fakul’tetlararo chet tillar kafedrasi mudiri Sh. Djabborovlar kutib olishdi.

Tashrif chog’ida Fransiya OTMlari bilan o’zaro  hamkorlik aloqalarni yo’lga qo’yish va mustahkamlash borasida institut rahbariyati bilan kelishib olindi. Tashrif davomida Sofi Jindt xonim Fakul’tetlararo chet tillar kafedrasi tomonidan tashkil etilgan “Chet til o’qitishda innovasion texnologiyalardan foydalanishning axamiyati va roli” mavzusida bo’lib o’tgan ilmiy amaliy seminarda “Shaxs tarbiyasida chet tilining ahamiyati” mavzusida ma’ruza qildi.

Ilmiy amaliy seminardan so’ng Sofi Jindt xonim Fakul’tetlararo chet tillar kafedrasi mudiri Sh. Djabborov hamda shu kafedra katta o’qituvchisi T. Kavilova hamrohligida Sh. Rashidov, X.Olimjon va Zulfiyaxonim muzeyi va hiyobonini tomosha qilishdi.  

 


Ulashish:
1 565
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi.
JDPU va “Unicorn International Foundation” o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda “Unicorn International Foundation” nodavlat ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi hamda xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga abituriyentlarni jalb qilish...
Jizzaxda test sinovlarining ikkinchi kuni davom etmoqda
Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida imtihonlar ikki smenada tashkil etilmoqda. Kun davomida 1 500 ga yaqin abituriyent test sinovlarida ishtirok...