Yangiliklar
Yangiliklar
|
11/01/2022
Chop etish
Institutdagi professor – o‘qituvchilar, dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar o‘rtasida  seminarlar o‘tkazilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021 yil 26 martdagi qarori, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021 yil 19-noyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlari uchun kredit-modul tizimi  asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha qisqa muddatli trenerlar tayyorlash kursini tashkil etish to‘g‘risida”gi 483-sonli buyrug‘i hamda Institut rektorining 2021 yil 10-dekabrdagi “Kredit-modul tizimi asosida o‘quv-me’yoriy jarayonlarni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 522-U-sonli buyruqlari  ijrosini ta’minlash hamda talabalarning qishki ta’tildagi bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida  Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar uchun o‘quv-seminar tashkil etilmoqda. Ilk o‘quv seminari Jamoa oldida ma’ruza o‘qish san’ati, Notiqlik mahorati rivojlantirishning uslubiy asoslari  mavzulariga bag‘ishlandi. Ushbu seminarda   “O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori, dotsent” Usmonjon Qosimov hamda O’zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali dotsenti, tibbiyot fanlari nomzodi Komiljon Murotmusayevlar  o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Savol javoblar bahs va munozaralar asosida bo‘lib o‘tgan seminar so‘ngida ishtirokchilardan seminar-treningdan olgan taassurotlari to‘g‘risida fikr mulohazalar test ko‘rinishda olindi.


Ulashish:
761
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralash davom etmoqda
Unda talabgorlar bilan “Davlat tili” (o‘zbek tili) fani bo‘yicha suhbat tashkil etildi.
NOMDOR DAVLAT STIPENDIYALARIGA NOMZODLARNI SARALASH JARAYONI DAVOM ETMOQDA
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi hamda nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralashning universitet bosqichi davom etmoqda.
Davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor A. Jabbarova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv...