Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

INSTITUT VA MAKTAB: Rektor va o‘quvchilar o‘rtasida ochiq muloqot o‘tkazildi…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2020 yil 6 noyabrdagi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda umumiy o‘rta ta’lim maktab bitiruvchilarini oliy ta’limga jalb qilish, bitiruvchilar bandligini ta’minlash jarayonlari samaradorligini oshirish maqsadida Jizzax davlat pedagogika instituti ,”Yoshlar daftari”,”Ayollar daftari” hamda  «Temir daftar»ga kirgan ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar, shuningdek Jizzax viloyatidagi 7 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabini otaliqqa olgan. Bitiruvchilarini oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichiniyuqoriga ko‘tarish, fanlardan o‘qish sifatini oshirish maqsadida institut joriy yilning yanvar oyidan  barcha maktab bitiruvchilarini bepul tayyorlov kurslarida o‘qitishmoqda. O‘tgan besh oy mobaynida maktab bitiriuvchilari qanday natijalarga erishdi. O‘quv mashg‘ulotlarida olingan bilim chindanda o‘z samarasini beradimi? Shu savollarga javob topish maqsadida  institut rektori Sh.S.Sharipov otaliqqa olingan har bir  maktab bitiruvchi sinf o‘quvchilari va ularning ota-onalari  bilan uchrashuv o‘tkazib kelmoqda. Navbatdagi uchrashuv Zarbdor tumanidagi 29 umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi. Bu yil ushbu ta’lim muassasini 49 nafar o‘quvchi bitiradi. Uchrashuv davomida Rektor har bir o‘quvchi bilan suhbatlashib, ularni kelajakdagi maqsadlari haqida qiziqdi. Samimiy suhbat, ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida o‘quvchi yoshlar bilan bir qatorda ularning ustozlari xususan ota–onalari o‘z fikr mulohazalrini ta’bir joiz bo‘lsa  minnatdorchiliklarini bildrib o‘tishdi.       Bugun ko‘nglida buyuk va ezgu orzular bilan maktab ostonasini bitirayotgan  yigit qizlarni bundan bir necha oy oldin OTMlarga  hujjat topshiradigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha fanlar kesimida dastlabki bilim darajasi test sinovlari orqali aniqlanib,  bepul o‘quv mashg‘ulotlariga qabul qilingan edi. O‘shanda juda ko‘pchilik o‘quvchilar ko‘zidagi umidsizlik malakali ustozlarni ham cho‘chitib qo‘ygan edi.  Bugun bu ko‘zlarda umidsizlik o‘rniga  ishtiyoqni sezish qiyin emas. 49 nafar o‘quvchining o‘z orzulari, istaklari eng muhimi, bilim olishga intilish bor ularning ko‘zlarida… Uchrashuv davomida ana shunday intiluvchan, tirishqoq  tez o‘zlashtirayotgan 8 nafar o‘quvchi va ularning  ota-onalariga institut rektorining Tashakkurnomasi hamda Xorijiy tillarni o‘rganish uchun maxsus kitoblar to‘plami sovg‘a qilindi.   Shu kuni ushbu ta’lim muassasida institut Magistrlar bo‘limi profesor-o‘qituvchilari  yuqori sinf o‘quvchilariga kompyuter texnologiyasi, ingliz tili va o‘zbek tili fanlaridan “Mahorat  darslari” ham o‘tishdi. Kuni kecha Prezidentimizning jahon tillarini o‘rganishga bag‘ishlab o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishi, har bir o‘zini pedagogman deydigan ta’lim sohasidagi jonkuyar ustozlarni  ruhlantirib yubordi. Tan olish kerak bugun ayrim ko‘rsatkichlarga qaramay, chet tillarini o‘qitish bo‘yicha joylardagi haqiqiy ahvol, biz ko‘zlagan rejalarimizga  mutlaqo munosib emas.Ta’lim tizimida 2 mingdan ortiq chet tili o‘qituvchilari lavozimi vakant bo‘lib qolayotgani, yurtimizdagi 1 ming 400 ta maktabda chet tili o‘qitish sifati mutlaqo qoniqarsiz ahvoldaligi va bunday maktablar soni Jizzax viloyatida 140 tani tashkil etilishi achinarli holdir. Maktablarda ishlayotgan jami 53 ming nafar chet tili o‘qituvchilarining atigi 4 foizi milliy va xalqaro til bilish to‘g‘risidagi sertifikatlarga ega. Bugun bu masala o‘z o‘rnida kun tartibiga chiqdi desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Har qaysi ota-ona  farzandining til bilishi, xorijliklar bilan tengma-teng munosabat qilib, rivojlangan davlatlardagi oliy o‘quv yurtlarida tahsil olishini jon dilidan istaydi. Davlat rahbarining   ushbu masalani kun tartibiga olib chiqishi,  nihoyatda dolzarb ahamiyatga ega va o‘z vaqtida qilingan ishdir. Bugungi uchrashuv ham bejiz tashkil etilmadi taqdirlangan o‘quvchilarimizning ko‘pchiligi institutning ilmiy kengashi qarori asosida tashkil etilgan bepul o‘quv mashg‘ulotlarida xususan xorijiy tillar (ingliz  tili) dan o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etishmoqda. O‘tkazilgan suhbat davomida Ularning ko‘pchiligi institutning Xorijiy tillar fakultetiga o‘qishga kirish istagi mavjudligini bildirishdi. Bu bizni behad quvontiradi. Bu hali hammasi emas biz endi har bir mahallada  mana shunday bepul til o‘qitish kurslarini tashkil etish niyatimiz bor.  Davlat rahbari  tashabbusi ila  boshlangan mazkur ezgu  ish yurtimizda millionlab  qishloq maktablarida  tahsil olayotgan farzandlarimizning kamol topishida qanot vazifasini o‘tashi, shubhasiz. Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati