Yangiliklar
Yangiliklar
|
05/12/2020
Chop etish
“ Huquqim –faxrim mening ”  

Jizzax  davlat  pedagogika institutida  bo‘lib  o‘tgan  davra suhbati ana shunday nomlandi.

8-dekabr  “O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan ushbu davra suhbati Chet tillar fakulteti Tabiiy va aniq fanlarda chet tili kafedrasi va ijtimioiy-gumanitar fanlarda chet tili kafedralari bilan hamkorlikda tashkillashtirildi. Bosh qomusimiz sharafiga bag‘ishlangan Davra suhbatini institut yoshlar bilan ishlash prorektori S.Nazarqosimov ochib berdi. U  konstitutsiyamizning xususiyati uning ixchamligi va mazmun-mohiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.

 

“Agar dunyo konstitutsiyalarida ishlatilgan so‘zlar miqdori bo‘yicha tahlillarga murojaat qiladigan bo‘lsak, mamlakatimiz konstitutsiyasi 190 ta davlat ichida 29-o‘rinda turibdi. Asosiy Qonunimizda mavzular o‘quvchiga qulay bo‘lgan ketma-ketlikda joylashtirilgani ham e’tirof etilgan. Ayniqsa, inson va fuqarolar asosiy huquqlari, erkinliklari hamda burchlari alohida bo‘limda berilishi xalqaro ekspertlar tomonidan yuqori baholangan” deydi prorektor o‘z so‘zida.

Shuningdek tadbirda huquq-tartibot vakillari ham ishtirok etib ular ham Konstitutsiyamiz yaratilish tarxi, u bilan bog‘liq bo‘lgan qiziqarli ma’lumotlar bilan bo‘lishishdi. Davra suhbatida konstitutsiyaga bag‘ishlangan tanlov g‘oliblari va jamoat ishida faol bo‘lgan o‘qituvchilar   taqdirlandilar.

                                                                                                                                                       Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati

 


Ulashish:
1 091
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida «Bitiruvchi – 2026» tantanali bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi
Tantanali marosimni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Gafurjonovna Karimova ochib berdi.
JDPUda kasbiy (ijodiy) imtihonlar: 4-kun
9–11-iyul kunlari «Sport faoliyati (futbol)» hamda «Sport faoliyati (voleybol)» ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha imtihonlar o‘tkazilada.
«Kitobxon yoshlar ligasi» respublika bosqichi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida «Kitobxon yoshlar ligasi» respublika ko‘rik-tanlovining 2026 yilgi 2-mavsumi respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.