Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
21/04/2017
Chop etish
Harbiy xizmatni o‘tagan fuqarolarning imtiyozlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2012 yil 31 maydagi PQ-1765-son qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi 2017 yil 4 apreldagi PQ-2867-sonli Qarori to‘g‘risida

Ma’lumki, “fuqarolarning muddatli harbiy xizmatni o‘tashi samaradorligini oshirishning moddiy, axloqiy va ma’naviy rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish zarurligini hisobga olib; harbiy xizmatni tugatayotgan yoshlarni rag‘batlantirishning ahamiyatini, ularning o‘qishni davom ettirishi va mamlakat oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishi uchun imtiyoz va sharoitlar yaratishni e’tiborga olib”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qator qarorlari qabul qilingan.harbiy

“O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar tizimini yanada takomillashtirish chor-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2005 yil 31 oktyabrdagi PQ-213-son qarori;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2012 yil 31 maydagi PQ–1765-son qarori shular jumlasidandir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2012 yil 31 maydagi PQ-1765-son qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi 2017 yil 4 apreldagi PQ-2867-sonli Qarorida 2017/2018 o‘quv yilidan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan, harbiy qismlar qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega bo‘lgan fuqarolar barcha yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha bakalavrlar tayyorlashda respublikaning barcha oliy ta’lim muassasalariga kirishda, test sinovlari yakunlariga ko‘ra o‘zlari to‘plagan ballarga 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyozga ega bo‘lishi belgilangan.

Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 4 apreldagi PQ-2867-sonli Qarori ijrosi to‘g‘risida» 2017 yil 7 apreldagi 194-son buyrug‘i qabul qilingan. Buyruqda oliy ta’lim muassasalari rektorlari va filiallar direktorlariga mazkur qarorni ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytiga joylashtirish va yoritish, qabul komissiyasiga hujjat topshiruvchi abituriyentlarni mazkur qaror bilan tanishtirish vazifalari yuklatilgan.


Ulashish:
2 162
Boshqa rubrikalarda mashhur

“Besh tashabbus olimpiadasi” respublika finali ishtirokchilari yo‘lga kuzatildi.
Kecha Jizzax davlat pedagogika universitetida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqasining respublika final bosqichida talaba-yoshlarimiz ishtirokini ta’minlash maqsadida tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.
A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi kafedrasida 2025-yil 14-noyabr kuni “Boshlang‘ich ta’limning zamonaviy tendensiyalari: ta’lim va tarbiya...
Jizzaxda “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” shiori ostida bayroq kuni keng nishonlandi.
Jizzax shahrida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 34-yilligi munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi.