Yangiliklar
Yangiliklar
|
01/04/2017
Chop etish
Giyohvanlik-umr zavoli

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev rayisligida 2017-yil 9-fevral kuni, ichki ishlar o’rganlari faoliyati, tizimda maavjud muammo va kamchiliklar, istiqboldagi vazifalarga bag’ishlangan yig’ilishda davlatimiz rahbari haftaning Payshanba – Jinoyatning oldini olish yuzasidan profilaktika kuni deb e’lon qilindi.

Shu munosabat bilan Jizzax Davlat Pedagogika Institutida Ma’naviy – marifiy va ijodiy muhitni yaxshilash, turli qonunbuzarliklar, huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan Chora – tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan, va ushbu reja asosida Chet tillar fakulteti Rus tili va adabiyotini o’qitish metodikasi kafedrasi tomonidan – «Giyohvandlik va uning salbiy oqibatlar», hamda «Sog’lom turmush tarzi» mavzusiga bag’ishlangan davra suhbati tashkillashtirildi. Ushbu davra suhbati Jizzax viloyat IIB, «Qizil yarim oy» jamiyati Jizzax shaxar filiali, Salomatlik va tibbiy statistika instituti Jizzax viloyat filiali hamda viloyat Narkologiya shifoxonasi bilan hamkorlikda o’tqazildi.

tadbir_giyohvand

Kafedra ma’naviy – marifiy ishlar bo’yicha masul hodim Abdualiyeva D.R. o’z kirish so’zida davra suhbati qatnashchilari hamda mehmonlar bilan tanishtirar ekan, qo’yilgan mavzular naqadar dolzarb ekanligiga alohida urg’u berdi.

Davra suhbati davomida taklif qilingan tibbiyot muassasalari hodimlari; Narkologiya dispanseri shifokori G’aniyev Shohjaxon, «Qizil yarim oy» jamiyati Jizzax shaxar filiali ijrochi direktori Abusattorova M. A., Respublika salomatlik va tibbiy statistika instituti viloyat filiali hodimi Sattorova Z. Ch., giyohvandlik umr zavoli ekanligi, uning salbiy oqibatlari nimalarga olib kelishi, sog’lom turmush tarzi har bir inson uchun birinchi o’rinda turishi, unga rioya qilmaslik qanday oqibatlarga olib kelishi haqida o’z maruzalarida jonkuyarlik bilan, izohlar bilan tushuncha berishdi va o’sib kelayotgan yosh avlodni inson uchun zararli bo’lgan unsurlardan uzoqroq bo’lib, to’g’ri yo’ldan adashmaslikga, va yon-atrofdagilarga ham befarq bo’lmaslikga da’vat etishdi.

tadbir_giyohvand1

Davra suhbatida qatnashgan ta’labalar o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan va qiziqish bilan faol ishtirok etishdi. Tadbirni Institut hotin-qizlar qo’mitasi raisi Abduvaliyeva Z. yakunlab taklif qilingan tibbiyot muassasalari hodimlariga, rus tili va adabiyotini o’qitish metodikasi kafedrasi mas’ul hodimi Abdualiyeva D. va qatnashgan talabalarga tashkillashtirilgan davra suhbati uchun o’z minnatdorchiligini bildirdi.


Ulashish:
1 600
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida narkojinoyatlar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi ishchi guruhi tomonidan Jizzax davlat pedagogika universitetida narkojinoyatlarning oldini olish hamda psixotrop moddalarning...
G‘oliblarga munosib e’tirof: JDPU talabalari Turkiyada ijodiy-ma’rifiy safarda
“Yangi O‘zbekiston talabalari Olimpiadasi” sport musobaqalarining respublika final bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchi talabalar hamda ularning murabbiylarini rag‘batlantirish maqsadida Universitet rektorining tashabbusi bilan Turkiya Respublikasiga...
JDPUda nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralash davom etmoqda
Unda talabgorlar bilan “Davlat tili” (o‘zbek tili) fani bo‘yicha suhbat tashkil etildi.