1–2-may kunlari Jizzax davlat pedagogika universitetida “Filologiyaning dolzarb masalalari: o‘qitishda kreativ yondashuvlar hamda axborot texnologiyalaridan foydalanish usullari” mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya o‘tkazildi. Anjuman Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yilgi rejasi asosida tashkil etildi.
Konferensiyada Turkiya, Ozarbayjon, Tojikiston va Qozog‘iston davlatlaridan olimlar, shuningdek respublikamizning yetakchi professor-o‘qituvchilari va tadqiqotchilar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.





Ilmiy muloqotlar doirasida filologiya ta’limida innovatsion yondashuvlar muhokama qilindi.









Anjuman yakunida mazkur yo‘nalishdagi ilmiy ishlanmalarni jamlagan kitob nashr etilgani e’lon qilindi. Mazkur to‘plam tadqiqotchilar, o‘qituvchilar va magistrlar uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
