Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Endi о‘qishni kо‘chirishga faqat 2 toifadagi talabalarga ruxsat beriladi deyilmoqda. Bu xaqida ma’lumot bersangiz?

JAVOB: Bu haqda 2022 yil 7 iyul kuni Qonunchilik palatasining yalpi majlisida oliy va о‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov ma’lum qildi. Vazirning xabar berishicha, joriy yildan faqatgina 2 ta shart bilan о‘qishni kо‘chirishga ruxsat beriladi, ya’ni talaba yoki boshqa hududga turmushga chiqsa yoki davlat xizmatchisining ishi boshqa joyga о‘tsa. Boshqa toifalardagi talabalarga hech qaysi holatda о‘qishini kо‘chirishga ruxsat berilmaydi. Shuningdek, о‘qishni kо‘chirishda vazir xati talab etiladi. О‘qishni kо‘chirish о‘rniga akademik mobillikni qо‘llash tatbiq etiladi. Vazirning aytishicha, joriy yilda 150 ming talaba о‘qishni kо‘chirish uchun ariza berishi kutilmoqda. Bu salkam bir yillik kvotalarga teng. Talabalar kirish birmuncha osonroq yо‘nalishlarni tanlab, 2-kursdan talab yuqoriroq yо‘nalishlarga kо‘chirib olishni reja qilmoqda. Endi bunga chek qо‘yiladi. Sodda qilib aytadigan bо‘lsak, Respublikadagi davlat oliy ta’lim muassasalaridan boshqa oliy ta’lim muassasasiga talaba boshqa hududga turmushga chiqsa yoki davlat xizmatchisining ishi boshqa joyga о‘tsa о‘qishini kо‘chira oladi.