O‘zbekiston Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markaziga Yevrosiyo xalqlari assambleyasidan “Xalq diplomatiyasi yetakchisi” xalqaro ko‘rik-tanlovini o‘tkazish haqida ma’lumot kelib tushdi.
Ushbu tanlov xalqaro hamkorlik salohiyatini rivojlantirish, fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yaratish, xalq diplomatiyasi sohasida ilg‘or tajribalarni almashish, xalqlar o‘rtasida o’zaro ishonch, do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilish maqsadida o‘tkazilmoqda.
Tanlovda 18 yoshdan oshgan Rossiya Federasiyasi va chet el fuqarolari, nodavlat notijorat tashkilotlari, xalq diplomatiyasi sohasida loyihalarini amalga oshiruvchi internet hamjiamiyatlari vakillari ishtirok etishlari mumkin.
Tadbir tashkilotchilari ushbu tanlovga O‘zbekistondan ham ishtirokchilarni taklif qilishgan.
Tanlov uch bosqichdan iborat.
Birinchi bosqich uchun ishtirokchilarning materiallari tanlov veb-saytida 2022-yilning 30-sentyabrigacha qabul qilinishi ma’lim qilingan.
https://e-cis.info/news/565/102858/
http://народнаядипломатия.рф/o-nas/registratsiya
http://народнаядипломатия.рф/o-nas/#rasp.
Tanlov bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar yuzasidan hamkor tashkilot-O‘zbekistonda ShHT Xalq diplomatiyasi markaziga murojaat qilishlari mumkin.
Murojaat uchun tel: +998712020863
+998915982991
E’lonlar
- Barcha
- Ekofaol talabalar
- Karera markazi
- Kelajakka qadam
- Korrupsiyaga qarshi kurash
- Mahalla va universitet
- Ustozlar suhbatin qo‘msar bu ko‘ngil
E’lonlar
|
24/09/2022
Chop etish
E’lon!
Boshqa rubrikalarda mashhur
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.
So'nggi yangiliklar
