E’lonlar
E’lonlar
|
26/11/2021
Chop etish
 DIQQAT E’LON!

Yaponiyaning O‘zbekistondagi Elchixonasi taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, Siyosiy tadqiqotlar milliy aspirantura instituti (GRIPS) ning “Yosh rahbarlar” loyihasi doirasida “Davlat boshqaruvi” va “Mahalliy boshqaruv” magistrlik o‘quv kurslariga tanlov e’lon qiladi. Ushbu tanlov mudddati 2022 yil oktabr oyidan-2023 yil sentabrigacha belgilangan.

Tanlov talablariga ko‘ra nomzodlar 40 yoshgacha bo‘lishi, bakalavr darajasida kamida 3 yil davlat muassasalarida ishlaganligi, tajribasi bo‘lishi shuningdek ingliz tilini og‘zaki va yozma ravishda yaxshi bilishi ko‘rsatilgan. GRIPS dasturida ishtirok etish mutlaqo bepul. Barcha xarajatlar Yaponiya mamlakati tomonidan qoplanadi.

Tanlovda ishtirok etishni hohlaganlar ushbu link  orqali kirib kerakli hujjatlarin to‘ldirishlari mumkin https://www.uz.emb-japan.go.jp/itpr­_ru/ylp2022.html

Murojaat uchun: Jizzax davlat pedagogika instituti “Xalqaro hamkorlik bo‘limi” rahbari Sh. Rashidov

Tel: 99891209-07-66


Ulashish:
1 155
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi.
JDPU va “Unicorn International Foundation” o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda “Unicorn International Foundation” nodavlat ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi hamda xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga abituriyentlarni jalb qilish...
Jizzaxda test sinovlarining ikkinchi kuni davom etmoqda
Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida imtihonlar ikki smenada tashkil etilmoqda. Kun davomida 1 500 ga yaqin abituriyent test sinovlarida ishtirok...