E’lonlar
E’lonlar
|
16/01/2025
Chop etish
Diqqat e’lon!
Xalqaro ta’lim texnologiyalari markazi (International Centre for Educational Technologies, ICET) va SKLAD ta’lim onlayn platformasi hamkorligida, universitet xodimlarini 2025-yil 29-yanvardan 30-martgacha bo‘lib o‘tadigan «Ta’limda sun’iy intellekt: o‘qituvchilar uchun amaliy kurs» onlayn-kursida ishtirok etishga taklif qiladi.
Kursning maqsadi – o‘qituvchilarning sun’iy intellekt (SI) sohasida amaliy ko‘nikmalar va malakalarni egallash, shuningdek, bu texnologiyalarni ta’lim muhitiga moslashtirish uchun zarur bo‘lgan vositalar va metodikalardan foydalanishni o‘rganishdir.

Kurs narxi:

1. Standart paket 40 yevro

2. Premium paket 60 yevro

Kursda ishtirok etish uchun 27-yanvargacha ariza (Ilova 3) skladmarinaluki@gmail.com elektron pochtasiga yuborilishi zarur. Tushunmovchiliklar yuzasidan quyidagi telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin: +375296240654 (WhatsApp, Telegram).

Batafsil ma’lumot: https://skld.me/neural_networks_for_educators

Onlayn kurs programmasi


Ulashish:
504
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi.
JDPU va “Unicorn International Foundation” o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda “Unicorn International Foundation” nodavlat ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi hamda xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga abituriyentlarni jalb qilish...
Jizzaxda test sinovlarining ikkinchi kuni davom etmoqda
Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida imtihonlar ikki smenada tashkil etilmoqda. Kun davomida 1 500 ga yaqin abituriyent test sinovlarida ishtirok...