Chet tillarni o`rgatishning turlicha yondashuvlari: muammo va yechimlar”
Jizzax davlat pedagogika institutida 2021 yil 1 Iyun kuni Chet tillar fakulteti Ijtimoiy gumanitar fanlarda chet tili va Tabiiy fanlarda chet tili kafedralari tomonidan “Chet tillarni o`rgatishning turlicha yondashuvlari: muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro miqyosida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada Fransiyaning O`zbekistondagi elchixonasidan, Buyuk Britaniyadan, Qozog`istondan va Respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalaridan jumladan, Samarqand davalt chet tillari institutidan, Toshkent davlat pedagogika universiteti, O`zbekiston Milliy Universiteti, O`zbekiston davlat Jahon tillari universitetidan sohaning yetuk olimlari, professorlar, pedagog-o‘qituvchilar, doktorantlar, magistrlar ishtirok etishdi.
Konferensiya ishini Jizzax davlat pedagogika instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo`yicha prorektor Qodirov G`ayrat O`roqboyevich ochib berdi. G`. Qodirov o`z nutqida har bir tilning millat taraqqiyotida tutgan o`rni, o`zbek tilining huquqiy maqomi, chet tillarini chuqur oʼrganish oʼquvchi-yoshlarning zamonaviy bilimga ega boʼlishi va professional koʼnikmalarni egallashining asosiy omili va sharti ekanligi haqida to`xtalib o`tdi.
Shundan so‘ng mavzu yuzasidan Jizzax davlat pedagogika instituti Chet tillar fakulteti dekani f.f.d. professor Abdugafur Mamatov Eshonqulovich, Samarqand davlat Chet tillari insttuti professorlari Safarov Shahriyor Safarovich, Mirsanov G`aybulla Kulmurodovich, Toshkent davlat pedagogika universiteti professori Jalolov Jamol Jalolovich, Buyuk Britaniya Warwick universiteti PhD doktoranti Komila Tangirova, Nukus davlat pedagogika instituti dotsenti Aybolgan Borasheva va boshqalar ma’ruza qildilar.
Konferensiya so‘nggida taqdim etilgan materiallar asosida Chet tillarni o`qitishning turlicha yondashuvlari, metodlari va psixologik asoslarini o‘rganish asosida yo‘l xaritasi ishlab chiqish va bosqichma-bosqich amalga oshirish yuzasidan takliflar bildirildi.