BOTULIZM nima?
Aholi o‘rtasida ovqatdan zaharlanishlarning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan tizimli chora-tadbirlarga qaramasdan har yil qish mavsumi kirib kelishi bilan aholi o‘rtasida sifatsiz konservalangan mahsulotlarni iste’mol qilish oqibatida fuqarolarni guruxli ovqatdan zaharlanishi bilan bog‘liq holatlar qayd qilinmoqda.
Jizzax davlat pedagogika instituti Pedagogika va psixologiya fakulteti tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Botulizm nima” tadbiri ana shu dolzarb mavzuga bag‘ishlandi. Unda ishtirok etgan viloyat DSENM xodimlari yig‘ilganlarga xususan ijara uylarda istiqomat qilayotgan talabalarga uy sharoitida tayyorlangan sifatsiz konservalangan mahsulotlarni iste’mol qilishda ehtiyot bo‘lishni va bu holatda qanday choralar qo‘llashni tushuntirib o‘tishdi. Tayyorlanayotgan mahsulotni «Konservalar va marinovkalar» qayta ishlash jarayonida unga tushgan botulizm qo‘zg‘atuvchilar hamisha ham qirilib ketmaydi,-deydi Feruza Hamdamova ayniqsa botulizm qo‘zg‘atuvchilarining suporalari yuqori darajada o‘ta chidamli bo‘ladi. Mahsulotga tushgan qo‘zg‘atuvchilar va suporalar kislorodsiz qulay sharoit yaratilgandan keyin 22-37 daraja issiqlikda ko‘payib o‘zidan toksin ajratadi.
Botulizm toksinlari bilan zararlangan mahsulotlarni iste’mol qilganda kasallik alomatlari 2-3 soatdan keyin, ba’zi holatlarda esa 1-2 sutkada ham boshlanadi.
Tadbir davomida shuningdek mutaxassislar talabalar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berishdi.