Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

 “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida mahallalarda targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.

Inson oilada shakllanadi, kamol topadi, oila  esa mahallada o‘rin topadi, mahalla esa o‘z navbatida jamiyat negizini hosil qiladi. Ildiz qanchalik mustahkam bo‘lsa, jamiyatni shunchalik yuksakka ko‘taradi. Ma’naviyat ko‘zgu, shu haqiqatni chuqur anglasakkina, atrofimizdagilarga singdira olsakkina, davlatimiz rahbari ta’kidlagan vazifalarni bajarishga sidqidildan yondashgan bo‘lamiz. Bugun Jizzax davlat pedagogika instituti  Magistrlar bo‘limi professor –o‘qituvchilari ishtirokida “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida Sh.Rashidov tumanidagi “Qorayantoq” MFY da tadbir o‘tkazildi.   New FAQ Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Murojaatnomada so‘zlagan nutqining videoroligi namoyish qilindi. Shundan so‘ng 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasini ijrosini ta’minlash va “Yoshlarni qo‘llab quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturidagi belgilab berilgan vazifalarni keng jamoatchilik bilan muhokama qilindi.   Tadbirda ishtirokchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Murojaatnomasida “Yangi O‘zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi” degan fikrlari haqida so‘z yuritilib, mahalla  hududidagi 35 umumta’lim maktabida hozirda faoliyat yuritayotgan to‘garaklar haqida axborot berildi. Yig‘ilish tashkilotchilari tomonidan mazkur maktablardagi to‘garaklar faoliyatini yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek 11-sinfni bitiruvchi o‘quvchilari va ularning ota-onalariga Jizzax  davlat pedagogika institutidagi mavjud ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek tadbir davomida “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida biriktiriladigan professor-o‘qituvchi va taniqli ziyolilar bilan ishlarni tashkil qilish, ularga qanday ko‘mak berish, ulardan qanday yordam olish, ularning mahalla nufuzini ko‘tarishda qay darajada faol bo‘lishlari masalalari to‘g‘risida batafsil suhbat olib borildi. Tadbir so‘ngida targ‘ibotni mahalladagi yoshlar, xotin-qizlar o‘rtasida kuchaytirish lozimlgi xususida   kelishib olindi.