Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

  BIOLOGIYANI О‘QITISHDA О‘QUVCHILARDA       MUSTAQIL VA IJODIY FAOLIYATINI TARKIB TOPTIRISH

 Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya va uni o’qitish                                                                                                                                            metodikasi  kaferasi o’qituvchisi Mustafaqulova D.I                                                                                                                                                                                                                                                             Biologiya  yo’nalishi 2– kurs talabasi Mansurova Farangiz Hilol qizi   Annotasiya: Fikr inson faoliyati, uning о‘z kuchi, qudrati va bilimini tashkil etuvchi ma’naviy-insoniy sifatidir. Fikr rivoji ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchi bо‘lganligi uchun,biologiyani о‘qitish jarayonida о‘quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish kо‘nikmalarini rivojlantirish zarur. Kalit so’zlar: ijodiy fikr yuritish, tanqidiy fikr, tahliliy fikr yuritish, tizimli fikr yuritish, bilim,ko’nikma, rivojlantiruvchi ta’lim, faktlar, hodisa. PISA testlari 5 ta yo’nalish bo’yicha o’tkaziladi: O’qish, matematik savodxonlik,tabiiy ilmiy fanlar hamkorlikda hal qilish va moliyaviy savodxonlik yo’nalishlari.       O’zbekiston 2021-yilda 3- yo’nalish: O’qish,matematik savodxonlik va tabiiy-ilmiy fanlar yo’nalishlari bo’yicha testlarda qatnashishi rejalashtirilgan.Testlarda  asosiy e’tibor o’quvchilarning mazkur yo’nalishlar bo’yicha asosiy tushunchalarni bilishi, bazaviy bilim va ko’nikmalarni egallagani, ulardan hayotiy vaziyatlarda foydalana olishiga qaratilgan.Bu testlarda o’quvchilarning dars davomida aniq mavzular bo’yicha o’rgangan bilimlarni sinovdan o’tkazish nazarda tutilgan. Biologiyani о‘qitishda о‘qituvchi о‘quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish kо‘nikmalarini rivojlantirish uchun avvalo:О‘quvchilarning darsda mustaqil ishlashlari uchun о‘quv topshiriqlarini tuzishi; Biologik obyektlar, tabiatdagi mavsumiy о‘zgarishlarni о‘rganish maqsadida tajriba va kuzatish о‘tkazish yuzasidan kо‘rsatmalar tayyorlashi: О‘quvchilarning qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning mustaqil ta’limi uchun qо‘shimcha adabiyotlar va multimedialarni tanlashi lozim.О‘quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish kо‘nikmalarini rivojlantirish uchun, ta’lim-tarbiya jarayonida rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasini qо‘llash zarur.           Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasining asosiy g‘oyasi о‘quvchilarni har tomonlama rivojlantirish sanaladi. Mazkur texnologiyaning asosiy xususiyatlari: о‘quvchilarni о‘z bilish faoliyatini subyektiga aylantirib, fikr yuritish mexanizmini shakllantiradi, rivojlantiradi. О‘quvchilarning bilish faoliyati empirik va nazariy bilish yaxlitligida tashkil etilib, о‘qitish jarayonida bilimlarni deduktiv usulda о‘rganish ustuvor bо‘ladi. О‘qitish jarayonining asosini о‘quvchilarning о‘quv topshiriqlarini bajarish orqali vujudga keltiriladigan mustaqil faoliyat tashkil etadi. О‘quvchilarning aqliy rivojlanishiga zamin tayyorlab, bu jarayonda tanqidiy va ijodiy fikr yuritishni shakllantirish ustuvor yо‘nalish sanaladi. Fikr yuritishning bu ikki tipi bir-birini tо‘ldiradi va taqozo etadi. Tanqidiy fikr yuritish shaxsning voqea va hodisalar haqidagi munosabati va fikrini vujudga keltirib, uning tarkibiga quyidagilar kiradi: Tahliliy fikr yuritish (axborotni tahlil qilish, zarur faktlarni tanlash, taqqoslash, faktlar va hodisalarni chog‘ishtirish). Tabiiy–ilmiy savodxonligi; hayotiy hodisalarda ilmiy usulda hal qilinishi mumkin bo’lgan muammolarni aniqlash, kuzatish va tajribalar asosida xulosalar chiqarish kompetensiyasi. Bu xulosalar atrofimizdagi olamni tushunish va inson faoliyati natijasida unda sodir bo’layotgan o’zgarishlarni anglab yetish, shunga ko’ra kerakli qarorlar qabul qila olish ko’nikmasini rivojlanishiga imkon yaratadi. О‘quvchilarda tahliliy fikr yuritish kо‘nikmalarini shakllantirish uchun biologiya о‘qituvchisi har bir darsda avval о‘rganilayotgan obyektlar bilan о‘rganilgan obyekt о‘rtasidagi bog‘lanishlarni aniqlaydigan topshiriqlarni berishi kerak. Jumladan, “Daryo qisqichbaqasining ichki tuzilishi” mavzusini о‘rganganda о‘quvchilarni kichik guruhlarga ajratib, ularga о‘quv topshiriqlari bilan bir qatorda quyidagi jadvalni tо‘ldirish tavsiya etiladi:О‘quvchilar darslikda berilgan о‘quv axborotini tahlil qiladi, organlar sistemasi haqidagi faktlarni tanlaydi, ularni avvalgi obyektlar bilan taqqoslab, xulosa chiqaradi. Demak, daryo qisqichbaqasining ichki tuzilishini tahlil qilib, avval о‘rganilgan oq planariya, yomg‘ir             chuvalchangi,suv shilliq qurti bilan taqqoslab о‘rganadi. О‘quv materiallarining bu tarzda о‘rganilishi о‘quvchilarda tahliliy fikr yuritish kо‘nikmalarining tarkib toptirishga zamin tayyorlaydi. Bog‘lanishli(assotsiativ) fikr yuritish (avval о‘rganilgan bilimlar, faktlar orasidagi bog‘lanishlarni aniqlash, tanish obyekt va hodisalarning yangi xususiyatlari va sifatlarini topish). Bog‘lanishli fikr yuritish о‘quvchilarning avval о‘zlashtirgan bilim, kо‘nikma va malakalarini kutilmagan, noodatiy vaziyatlarda qо‘llab yangi bilim va kо‘nimalarni о‘zlashtirishlariga zamin tayyorlaydi.       Mantiqiy fikr yuritish kо‘nikmalarini rivojlantirish quyidagi bosqichlardan iborat bо‘ladi: 1.Muammoli vaziyatni anglash. 2.Muammoni hal etish yо‘llarini aniqlash. 3.Muammoni hal etishning ichki va tashqi mantig’ini hisobga olgan holda mantiqan dalillash. 4.Muammoni hal etish usullarining mantiqan ketma-ketligini aniqlash. 5.О‘z javoblarining tо‘g‘riligini dalillash. 6.Javobning tо‘g‘riligini tekshirib kо‘rish. Tizimli fikr yuritish (о‘rganilgan obyektni qismlarga ajratish,uning yaxlitligini, о‘zaro bog‘liqligini aniqlash va tavsiflash kо‘nikmasi). Tizimli fikr yuritish о‘quvchilarning о‘rganilayotgan obyektni qismlarga ajratish, uning yaxlitligini, о‘zaro bog‘liqligini  aniqlash va tavsiflash kо‘nikmalarini rivojlantirishga asoslanadi. О‘qituvchi о‘quvchilarda tizimli fikr yuritishni rivojlantirish uchun muayyan mavzularda о‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etishi va tegishli о‘quv topshiriqlarini tuzishi lozim. Jumladan, “Hujayraning tuzilishi va funksiyasi” mavzusida о‘quvchilarga quyidagi о‘quv topshiriqlarini tavsiya etish maqsadga muvofiq.Topshiriqning didaktik maqsadi: Hujayraning tuzilishi va funksiyalarini о‘rganish orqali,             hujayraning yaxlit tizim ekanligi,organoidlarning tuzilishi va funksiyasi,ular о‘rtasidagi bog‘lanishlarni aniqlash.Shunday qilib, tanqidiy fikr yuritish tahliliy, bog‘lanishli, mustaqil,mantiqiy, tizimli fikr yuritishni mujassamlashtirib ular о‘rtasida ichki va tashqi, muayyan va nisbiy bog‘lanishlar mavjud. О‘quvchilarda, ijodiy fikr yuritish kо‘nikmalarni rivojlantirishda о‘qituvchi yuqorida qayd etilgan tahliliy fikr yuritishning tarkibiy qismlaridan, xususan, mustaqil fikr yuritish kо‘nikmalaridan foydalanishi mumkin. Shuni qayd etish kerakki, о‘quvchilarda nomlari zikr etilgan fikr yuritish kо‘nikmalarinirivojlantirmay turib ijodiy fikr yuritish kо‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish mumkin emas. Ijodiy fikr yuritish kо‘nikmalari ijodiy faoliyat tajribalarining asosini tashkil etadi. Ijodiy faoliyat tajribalarini egallashda о‘quvchilar aqliy faoliyat usullari bо‘lgan о‘rganilayotgan obektni tahlil qilish, taqqoslash, tarkibiy qismlarga ajratish, sintezlash,sabab-oqibat bog‘lanishlarini tasavvur qilish, umumlashtirish va xulosa yasashni egallagan bо‘lishlari lozim. Shundagina о‘quvchilar ijodiy faoliyatning asosini tashkil etadigan xususiyatlar: Tanish obyektlarning yangi xususiyatlari va vazifalarini topishi; Tanish vaziyatlardagi muammolarni mustaqil ravishda hal etish; Bilim va kо‘nikmalarni yangi kutilmagan vaziyatlarda qо‘llash orqali muammoni hal etish; О‘zlashtirgan bilim va kо‘nikmalarni amaliyotda ijodiy qо‘llashga о‘rganishi mumkin. О‘quvchilarda mustaqil va ijodiy fikr yuritish kо‘nikmalarini rivojlantirishning muhim sharti, о‘quvchilarning о‘z fikrlarini dalillash va asoslash sanaladi. Shu sababli, о‘quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish kо‘nikmalari asosan, о‘quv munozaralari va bahslar orqali rivojlantiriladi. О‘quv munozaralari va bahslarni tashkil etish quyidagi bosqichlardan iborat bо‘ladi:
  1. О‘quv munozaralari va bahslarni keltirib chiqaradigan о‘quv
topshiriqlari bilan tanishish.        
  1. О‘quv topshiriqlaridagi muammolarni hal etish yо‘llarini
belgilash;
  1. Axborot manbai yoki darsliklardagi о‘quv materialini о‘rganish,
tahlil qilish va undagi asosiy g‘oyani ajratish;
  1. Muammolarni hal etish bо‘yicha javoblarni tayyorlash;
5.Javoblarni kо‘rgazmali vositalar yordamida dalillash; 6.Javoblarning tо‘g‘riligini tekshirib kо‘rish; 7.О‘z-о‘zini nazorat qilish, о‘zaro nazoratni amalga oshirish; О‘quv munozaralarining ikki turi mavjud, agar ikki о‘quvchi о‘zaro hamkorlikda yoki о‘quvchining kompyuter bilan muloqoti tashkil etilsa, bu dialog tarzdagi munozara, agar munozara о‘quvchilarning kichik guruhlardagi mustaqil ishi asosida tashkil etilsa polilog tarzdagi muloqot sanaladi. О‘qituvchi darsda о‘rganiladigan mavzuning didaktik maqsadidan kelib chiqqan holda qay tarzdagi munozarani tashkil etishni nazarda tutib tegishli о‘quv topshiriqlarni tayyorlaydi. Har qanday о‘quv munozaralari ijodiy izlanish asosida tashkil etiladi. Ijodiy izlanishlar quyidagi bosqichlarda tashkil etilishi maqsadga muvofiq:
  1. Ijodiy izlanish maqsadini aniqlash;
  2. Ijodiy izlanish maqsadiga muvofiq mustaqil ishlarni tashkil
etish;
  1. Guruh a’zolari о‘rtasida fikr va axborot almashinuvini amalga
oshirish;
  1. Olingan natijalarni tasavvur qilish va uni loyihalash;
  2. Maqsadni amalga oshganligi va olingan natijani tahlil qilish;
  3. Zarur hollarda tegishli о‘zgartirishlar kiritish.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
  1. O.U.Avlayev, S.N. Jo’rayeva, S.P.Mirzayeva “Ta’lim metodlari” o’quvuslubiy
qo’llanma, “Navro’z” nashriyoti, Toshkent – 2017
  1. Sayidahmedov N. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya. –T.:
O‘z MU. 2003.- 66 b.
  1. Ta’limda pedagogik texnologiyalar: muammolar, yechimlar. Ilmiyamaliy
konferensiya materiallari.- T.:1999.- 212 b        
  1. Мустафақулова Д. И .Тизимли тафаккурнинг хусусиятлари. Муғаллим ҳем узлуксиз билимлендириў Некис,2022
  2. .Mustafaqulova D.I.Talabalarda tizimli tafakkurni rivojlantirish ,Journal of Natural Science N 5/3 2021
6.Mustafaqulova D.I. Biologiyaning  tizimli  xarakteri-talabalar tizimli tafakkurini  shakllantirish  imkoniyati.SCIENCE AND INNOVATION 2022