Yangiliklar
Yangiliklar
|
18/10/2019
Chop etish
Besh tashabbus-besh imkoniyat…

Besh tashabbus-besh imkoniyat…

  1. Qodiriy nomli Jizzax davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 19 mart kuni ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusi bo‘yicha “ Tashabbus festivali” bo‘lib o‘tdi.

Talaba-yoshlarni musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sa’natning boshqa turlari hamda sport, kompyuter texnalogiyalari, kitobxonlik va yigit-qizlarimizni ish bilan ta’minlash kabi masalarni yanada yaxshilashga hizmat qilishini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan festivalda institut, yoshlar bilan ishlash bo‘limi xodimlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, barcha professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida so‘zga chiqqan yoshlar bilan ishlash masalalari  bo‘yicha prorektor Sarvar Nazarqosimov bu kabi tadbirlar bugun ilm olish istagida shu ulug‘ dargohga qadam qo‘ygan talaba-yoshlarimizga o‘z iqtidorlarini namoyish etish uchun katta imkoniyat ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Jizzax davlat pedagogika instituti
Jizzax davlat pedagogika instituti

Tadbir davomida institut professor-o‘qituvchilari va talabalari “Qatag‘on qurbonlari” muzeyiga tashrif buyurdilar.Bu yerda ular  qatag‘on qurbonlariga oid hujjatlar va turli xil o‘sha davrga oid eksponatlar   bilan tanishdilar..

Jizzax davlat pedagogika instituti
Jizzax davlat pedagogika instituti

Tadbir munosabati bilan tasviriy san’at va muxandislik grafikasi yo‘nalishi professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan ko‘rgazma va ARM xodimlari tomonidan  yangi adabiyotlar kitob savdosini tashkil etilgan bo‘lsa, oliygohning boshlang‘ich ta’lim fakultetidagi yumshoq o‘yinchoqlar to‘garagi a’zolari tomonidan qo‘l mexnatiga asosan tayyorlangan buyumlarning ko‘rgazmasi namoyish  etildi. O‘ziga xos tashkil etilgan “Tashabbus festivali”da talabalar sport sohasida ham o‘z iqtidorlarini namoyish etishdi. Ochiq sport maydonida o‘tkazilgan kichik futbol, shaxmat-shashka, arqon tortish kabi turli sport turlari bo‘yicha bellashuvlar fikrimizga isbot bo‘la oladi. “Madaniyat saroyi” da musiqiy ta’lim yo‘nalishi professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokidagi konsert dasturi esa  “Tashabbus festivali”ga taklif etilgan har bir ishtirokchi va tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.

Jizzax davlat pedagogika instituti
Jizzax davlat pedagogika instituti

Tadbir so‘nggida festival doirasida faol ishtirok etgan sport, rassomlik va boshqa sohalardagi g‘olib ishtirokchilarga institut ma’muriyati tomonidan esdalik sovg‘alar topshirildi.

Jizzax davlat pedagogika instituti
Jizzax davlat pedagogika instituti

Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati .         

 


Ulashish:
1 703
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlandi
Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida test sinovlari ikki smenada o‘tkazilmoqda.
Jismoniy madaniyat yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar ochiqlik va shaffoflik asosida o‘tkazilmoqda
Jizzax viloyati Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi hududida Jismoniy madaniyat yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar tashkil etildi.
JDPUda ijtimoiy faollik bo‘yicha kitobxonlik yo‘nalishida test sinovlari boshlandi
Mazkur sinovlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-iyuldagi F-43-son Farmoyishi, Davlat komissiyasi majlisining 69-3-son bayoni hamda Vazirlar Mahkamasining 149-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil...