Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
|
17/06/2019
Chop etish
Barcha abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!!!

Hurmatli abituriyentlar va ota-onalar Jizzax davlat pedagogika instituti bosh binosida to`liq qurilish-rekonstruktsiya ishlari olib borilayotganligi munosabati bilan 2019-2020 o`quv yili uchun abituriyentlarni ro`yxatdan o`tkazish jarayoni institutning Sirtqi bo`lim binosida bo`lishini ma`lum qilamiz.

Hozirgi vaqtda Institut qabul komissiyasi mas`ul xodimlari tomonidan abituriyentlarga yetarli shart-sharoitlar yaratildi, jumladan abituriyentlarga maslahat markazi va ro`yxatdn o`tkazish xonalari tashkil etildi, 60 dan ortiq internet tarmog`iga ulangan kompyuterlar o`rnatildi.

Shuningdek bu yilgi o`quv yili qabul jarayonida quyidagi o`zgarishlarni alohida eslatib o`tishimiz lozim:

Endi abiturient hujjat topshirmaydi, balki original hujjatlarini ko‘rsatib, ro‘yxatdan o‘tadi va o‘zi bilan qaytarib olib ketadi;

👉 Ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagilar kerak:

1) pasport (u yo‘q bo‘lsa, yoki 09-forma, yoki tug‘ilganlik guvohnomasi);

2) diplom yoki shahodatnoma (ilovasi bilan);

3) mabodo imtiyozi bo‘lsa, uni tasdiqlovchi hujjat.

👉 OTMlar orqali ro‘yxatdan o‘tganda ham xuddi shu hujjatlar talab etiladi, avvalgi yillardagidek rasm, papka, 086-ma’lumotnoma shart emas;


Ulashish:
1 712
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi.
JDPU va “Unicorn International Foundation” o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda “Unicorn International Foundation” nodavlat ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi hamda xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga abituriyentlarni jalb qilish...
Jizzaxda test sinovlarining ikkinchi kuni davom etmoqda
Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida imtihonlar ikki smenada tashkil etilmoqda. Kun davomida 1 500 ga yaqin abituriyent test sinovlarida ishtirok...