Yangiliklar
Yangiliklar
|
16/03/2019
Chop etish
Bahor malikasi

 

 Tabiiy fanlar fakultetida Bahor malikasi” mavzusida o‘tkazilgan  ko‘rik-tanlov

 Tabiiy fanlar fakulteti dekani U.Xudanov, Y.B.I.B. dekan muovuni A. Saparov, kafedra mudiri g.f.n. O.L.Muxamedov, fakultet xotin qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi M.Kayumova va barcha professor-o‘qituvchilari hamda talabalar qatnashdi.  Tadbirni fakultet dekani U.Xudanov kirish so‘zi bilan ochdi.

Ishtirokchilarga omad va muvaffaqiyatlar tiladi, hamda barchani bahor ayyomi bilan tabrikladi.

fakultet xotin qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi M.Kayumov o‘z nutqida bahorning ilk kunlarida, “Bahor malikasi” ko‘rik-tanlovining ko`tarinki ruhda o`tganligini aytdi. Bugun tanlovda ishtirok etayotgan geografiya yo‘nalishida tahsil olayotgan 6 nafar qizlarning sahnani to‘ldirib turishibdi. Talaba qizlarimiz tanishtiruv, pazandalik sirlari, talabalarning kundalik hayotida uchraydigan soch turmaklash, men bo`sh vaqtimda kabi shartlar asosida kuch sinashdi. Tanlov yuqori saviyada, ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Tanlovni baholash uchun 5 nafardan iborat bo‘lgan hay’at a’zolari (U.Xudanov hay’at raisi, O.L. hay`at a`zolari: Muxamedov, A.Saparov, G.Xoldorova, S.Haydarova) tomonidan 6 nafar talaba-qizlarning har bir chiqishlari odilona baholanib, quyidagi natijalar e’lon qilindi. 210-guruh talabasi Sagatova S. I o`rinni egallab, “Bahor malikasi” nominatsiyasini qo`lga kiritdi. 211-guruh talabasi Murodova G. II o`rinni qo`lga kiritdi va “Orasta qiz” nominatsiyasini qo`lga kiritdi. Qolgan talaba qizlarimiz ham  turli nominatsiyalarni qo`lga kiritishdi.

  1. Beknazarova I. Geografiya yo‘nalishi 308 guruh
  2. O`rolova M. Geografiya yo‘nalishi 309 guruh
  3. Mo`minova I. Geografiya yo‘nalishi 310 guruh
  4. Toshmamatova R. Geografiya yo‘nalishi 209 guruh
  5. Sagatova S. Geografiya yo‘nalishi 210 guruh
  6. Murodova G. Geografiya yo‘nalishi 309 guruh

Ishtirokchi talaba-qizlar fakultet dekani, kafedra mudiri va fakultet xotin-qizlar boshlang`ich tashkiloti  tomonidan faxriy yorliqlar hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

                                                         M. Kayumova

                                                                  M. Shokirova

 

 


Ulashish:
2 309
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi.
JDPU va “Unicorn International Foundation” o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda “Unicorn International Foundation” nodavlat ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi hamda xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga abituriyentlarni jalb qilish...
Jizzaxda test sinovlarining ikkinchi kuni davom etmoqda
Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida imtihonlar ikki smenada tashkil etilmoqda. Kun davomida 1 500 ga yaqin abituriyent test sinovlarida ishtirok...