ARALASH UChISH QURILMASI
(Gibridniy detatelniy apparat)
S.Ubaydullaev, I.Sayaqulov
Annotatsiya: Uchish qurilmasining konstruktiv sof og‘irligini (tijorat yukisiz) to‘liq yoki ma’lum bir qismini, qo‘llanilish sohasidan kelib chiqib, geliy gazining havodagi tabiiy statik ko‘tarish kuchi bilan, muvozanatlashga asoslanib, yuk ko‘tarish ko‘rsatkichini 1 va undan yuqori bo‘lgan miqdorga olib chiqish maqsad qilingan.
Shu maqsad asosida harakatlanganda tik ko‘tarilib qo‘nadigan, osilib turgan holda harakat yo‘nalishlarini o‘zgartiradigan, maxsus “dastur” asosida yerdan boshqariladigan, yer yuzasiga nuqtaviy ishlov berishda qo‘llash mumkin bo‘lgan, amalda uchish vaqti chegaralangan, ko‘p yuk ko‘taruvchi qishloq xo‘jaligida keng ko‘lamda foydalanish imkoniyatini yaratadigan uchish qurilmasi yaratish to‘g‘risida.
Kalit so‘zlar:Uchish qurilmasi, dastur, makro va mikro elementlar, ximiyaviy ximoya,uchish tezligi, raqmli texnonoliga, tannarx, dron, ot kuchi, konstruksiya, “VERSTAT”, operator, sinsor, protsessor, orolchalar, “IT” texnologiyalari, quvvat.
Xozirgi vaqtda yer yuzi aholisi sonining tezlik bilan o‘sib borayotganligi, qishloq xo‘jaligida oziq-ovqat maxsulotlari yetishtirishda foydalanilayotgan yer maydoni nisbiy ulushining qisqarib borishiga sabab bo‘lmoqda. Anashu salbiy o‘zgarish jarayonini sekinlatish va to‘xtatishning yagona yo‘li hosildorlikni oshirish ekanligi hechkimga sir emas. Ammo buning uchun yetishtirilayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining ko‘p miqdorda kasalliklar, zararkunandalar tomonidan nobud qilinib, iste’mol dasturxoniga yetib kelmayotgan qismini qisqartirishga birinchi navbatda erishish zarur. Ikkinchisi esa qishloq xo‘jalik texnikalarini ekin maydonlariga kirib ishlov berish jarayonlarini mumkin bo‘lgan eng darajaga tushirish maqsadga muvofiq, bu hosildorlikni oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ikkala masalani yechishda (o‘simliklarni suyultirilgan o‘g‘it, makro va mikro elementlar bilan bargidan oziqlantirish, rivojlanishdan orqada qolayotgan bo‘laklarga alohida qo‘shimcha oziqlatirib o‘rtacha hosildorlikni ko‘tarish, ekin maydoni nuqtalarida aniqlangan, o‘simlikda boshlanayotgan kasallikga qarshi mahalliy, kimyoviy ishlov o‘tkazish, zararkunanda va hashoratlarni urchib boshlash nuqtalarini aniqlash va shunga qarshi kimyoviy himoya vositasini nuqtaviy qo‘llash, chigirtkalarni yer yuzasiga tuxumdan chiqqan vaqtida aniqlash va yo‘q qilish) hozirda amalda qo‘llanilayotgan uchish qurilmalarining birortasi bilan to‘liq natijaga erishish mumkin emas. Masalan samalyotlarda eng past uchish balandligi va uchish tezligi boshqaruvchanlikning minimal tezligi miqdoridan kelib chiqqanligidan innovatsion, nuqtaviy ishlov berish usulini qo‘llashning imkoniyati yo‘q. Vertolyotlarda esa tezlik nulgacha tushirilishi mumkin bo‘lishi bilan, ko‘taruvchi vintning tik havo oqimi ishlov berilayotgan ekin tuplarini zararlaydi. Eng muhimi bu uchuvchi qurilmalarning nisbiy yuk ko‘tarish ko‘rsatkichining past bo‘lganligidan, ya’ni An-2 samalyotida 1500 kg foydali yukga o‘zining 3600 kg vaznini qo‘shib ko‘tarishiga to‘g‘ri kelib, yuk ko‘tarish koeffitsienti, ya’ni 1 kg uchish vazniga 0.47 kg tijoriy yuk to‘g‘ri keladi, Mi-4 vertolyotida esa bu ko‘rsatgich bundan ham past 0.302 kg ni tashkil qiladi. Shu ko‘rsatgichlar uchun ikkala qurilmalarda mos ravishda har bir uchishga sarflanadigan doimiy harajatlar yuqori chiqimdor 1000 va 1700 ot kuchi bo‘lgan dvigitellar qo‘llangan. Shuningdek bularda raqamli texnologiya asosida boshqaruvni amalga oshirib bo‘lmasligi va boshqa kamchiliklar yig‘ilib ularning qishloq xo‘jaligida qo‘llashdagi hizmat uchun to‘lanishi zarur harajatlar 1 gektar ishlov tannarxining yuqoriligiga va oxir-oqibat yetishtirilgan 1 kg oziq-ovqat narxining oshib ketishiga sabab bo‘ladi. Yaratilgan, hozirda mavjud “Dronlar”da ko‘p yuk ko‘tarib uchish imkoniyati hozircha yo‘q, uchish vaqti ham qisqa, chegaralangan bu dvigatelning kelajakdagi rivojiga bog‘liq, chunki foydali yuk ko‘tarib uchish uslubi vertolyotlarniki bilan bir xil.
Yuqorida ko‘rsatilgan uchuvchi qurilmaning kamchiliklarini chuqur tahlil qilinsa, hali dunyoda mavjud bo‘lgan va uchuvchi qurilmalar uchun yaratilgan zamonaviy materiallarning qimmatligi hamda ularni 100 foiz konstruksiyada qo‘llash mumkin emasligi, birlik ishlov berish tannarxini pasaytirishda to‘siq bo‘layotgan qurilma vaznining keskin pasaytirish masalasi o‘z yechimini to‘la topmaganligi ma’lum bo‘ladi. Birlik ishlov berish tannarxini pasytirishning yagona yo‘li uchuvchi qurilma og‘irligining qo‘llanilish sohasiga qarab bir qismini aerostatik ko‘tarish kuchi “ekologik” toza kuch bilan muvozanatlashdir. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligida “VERSTAT” nomi bilan qayd etilib ko‘rib chiqishga qabul qilingan ixtiroga talabnomadagi boshqaruvchi uchuvchisiz gibrit uchuvchi qurilmada bu masala to‘la amalga oshirildi. “VERSTAT” qo‘nib turgan holatini saqlaganicha yerdan tik ko‘tariladi va gorizontal yo‘nalishda oldinga qarab harakatlanishi, havoda to‘xtashi, osilib turishi, vertikal o‘q atrofida ikkala tomonga to‘la aylanishi, yo‘nalishni tanlab harakatni davom ettirishi, harakat yo‘nalishida ikki tomonning biriga parallel ko‘chish-qaytishni bajara oladi hamda tik qo‘nadi. Bularning hammasini yerdan dala chetida turib operator boshqaradi, kasallik bor nuqtani “VERSTAT”ga o‘rnatilgan shu kasallikni sezuvchi sensor orqali aniqlanadi va markaziy protsessorga habar beradi. Protsessor esa kiritilgan bo‘yicha purkash mehanizmini ishga tushirib shu maydoncha uchun zarur miqdordagi dorini tuman shaklida sepib beradi navbatdagi zaralangan nuqta aniqlangunicha uchuvchi qurilma “belgilangan harakat yo‘nalishi“ni davom ettiradi navbatdagi aniqlangan holatda nuqtaviy ishlov berish osmondan takrorlanadi. Hashoratlarga qarshi kurashda ham ishlov berilayotgan dalada biryo‘la uchish davomida ularni paydo bo‘lish nuqtalari maxsus sensorlar orqali aniqlanadi, zarur miqdordagi dori shu nuqtaga aniq yetib tushadigan qilib purkaladi. Ayniqsa chigirtkalarga qarshi kurashda, ularni tuxumdan yer yuzasiga chiqayotgan erta bahorda quyosh chiqish arafasida. Ertalab nuqtaviy usulda kimyoviy ishlov berish kurash samaradorligini ko‘p marotaba oshirib beradi, atrof muhitni eng kam zararlaydi. Shuningdek dehqonchilik qilinayotgan dalada rivojlanishdan orqada qolayotgan “orolchalar”ga alohida suyuq o‘g‘it berish bilan ham o‘rtacha hosildorlikni ko‘tarishda yuqori samara beradi. “VERSTAT”ning qishloq xo‘jaligida qo‘llanilishi “IT” texnologiyalarining kirib kelishiga yo‘l ochib beradi, bu sohada yangi, osmondan ishlov berish tarmog‘ini vujudga keltiradi, raqamlashtirishni tezlashtiradi. “VERSTAT”da yengil boshqaruvchanlik hususiyati, birlik ishlov berish tannarxining past bo‘lishi, uning o‘zining uchish vaznini, havoning og‘irligidan yengil bo‘lgan, yopiq silindirik qobiqga qamalgan, geliy gazi hosil qiluvchi, doimiy o‘zgarishsiz statik ko‘tarish kuchini teng yoki kam qilib muvozanatlash orqali erishiladi. Bunda kuch qurilmalari quvvati pullik yuk va boshqaruvchanlikni saqlash uchun qoldirilgan qurilma vaznining kerakli qismini ko‘tarish va harakatlantirish uchungina tanlanadi hamda har bir uchish uchun sarflanadigan harajat ham shunga mos ravishda qisqartiriladi.