Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
31/03/2021
Chop etish
“A. Navoiy asrlar davomida xalqlarni bir-biriga yaqinlashtirdi”

A. Navoiy asrlar davomida xalqlarni bir-biriga yaqinlashtirdi”
Kecha M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat Universiteti, Universtitet tarkibidagi Osiyo va Afrika mamlakati instituti, Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy Universiteti va Jizzax davlat pedagogika instituti hamkorligida buyuk shoir va mutaffakir A.Navoiyning 580 yilligi munosabati bilan “A. Navoiy asrlar davomida xalqlarni bir-biriga yaqinlashtirdi” mavzusida ilmiy amaliy konferensiya o‘tkazildi.
Bir qancha xorijiy OTM lar qatorida bo‘lib o‘tgan ushbu ilmiy-amaliy konferensiyada A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika institutidan ham ma’ruzachilar ishtirok etdi. Onlayn tarzda bo‘lib o‘tgan konferensiyani M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat Universiteti qoshidagi Osiyo va Afrika mamlakatlari instituti direktori tarix fanlari doktori,  professor Igor Abilg‘oziev kirish so‘zi bilan ochib berdi. A.Navoiy ijodi uning asarlari, hayoti faoliyatiga bag‘ishlangan ushbu onlayn konfereniyada Jizzax davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti o‘qituvchilari  Furkat Toshboev , Nargiza Karimova  hamda Akbar  Valievlar ham ma’ruzalar qilishdi.

 


Ulashish:
738
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.