Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Magistraturaga qabul 1-iyuldan e’tiboran onlayn tarzda boshlanadi

Magistraturaga qabul haqida ba’zi ma’lumotlarni eslatib o‘tamiz: Hujjatlar magistr.edu.uz portali orqali faqat onlayn qabul qilinadi, abiturientlar hujjat topshirish uchun OTMga kelmaydi; Magistraturada abiturientlarga 5 ta mutaxassislik yo‘nalishini tanlash imkoniyati berilmaydi. Faqat bitta yo‘nalish tanlanadi; Kirish imtihonlari mutaxassislik hamda chet tili fanidan bo‘ladi. Boshqa fanlardan bo‘lmaydi; Magistratura imtihonlarida maksimal to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 250 ballni tashkil etadi. Diplom bali – 100 ball; Mutahassislik test bali – 100 ball; Chet tili test bali – 50 ball. Chop etilgan maqolalar uchun kirish imtihonlarida ball berilmaydi; Hujjatlar qabul qilish 1 oy davom etadi, ya’ni 1 iyuldan boshlanib, 30 iyulgacha davom etadi; Imtihonlar 3-15 avgust kunlari o‘tkaziladi (davlat test markazi ma’lumotlari asosida berildi)