Yangiliklar
Yangiliklar
|
19/06/2020
Chop etish
Beshta yo‘nalishni tanlash jarayoniga oid ayrim ma’lumotlar

Joriy yilgi test sinovlarida beshtagacha ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati mavjud;

5ta yo‘nalish degani, 5ta OTM degani emas. Ya’ni abiturient albatta 5ta universitet yoki institutni tanlashi shart emas. Bitta OTMning 5ta yo‘nalishini tanlash ham mumkin;

5ta yo‘nalish tanlayotganda eng asosiy 2ta shart bor:

1) fanlar ketma-ketligi mos kelishi kerak;

2) ta’lim shakli (kunduzgi, sirtqi, kechki) bir xil bo‘lishi kerak.

fanlar ketma-ketligi mos bo‘lsin deganda, 3.1 va 3.2 ball beriladigan 2ta fan to‘g‘ri ketma-ketlikda joylashishi kerak. Masalan, bitta yo‘nalishda fanlar quyidagicha:

– matematika (3.2 ball;)

– chet tili (3.1 ball).

Ikkinchi yo‘nalishda esa boshqacha:

– chet tili (3.2 ball);

– matematika (3.1 ball).

Garchi test olinadigan 2ta fan bir xil bo‘lsa ham, lekin ularga beriladigan ballar boshqachaligi sababli abiturient ushbu yo‘nalishlarga bir paytda hujjat topshira olmaydi.

Ta’lim shakli ham albatta mos bo‘lishi shart. Ya’ni bir paytning o‘zida ham sirtqi, ham kunduzgi ta’limni tanlash mumkin emas. Abiturient 1-yo‘nalishga kunduzgi ta’limni tanladimi, demak qolgan 4ta yo‘nalish ham albatta kunduzgi bo‘lishi shart. Yoki 1-yo‘nalishga sirtqini tanlasa, qolgan yo‘nalishlar ham sirtqi bo‘lishi kerak.

Ijodiy (kasbiy) imtihon topshiriladigan yo‘nalishlarda faqat bitta yo‘nalish tanlash mumkin, 5tagacha yo‘nalish tanlab bo‘lmaydi. Bu cheklov ham ijodiy, ham test topshiriladigan yo‘nalishlarga ham taalluqli;

Magistraturada ham faqat 1ta mutaxassislik tanlash mumkin;

5ta yo‘nalishlarni tanlayotganingizda ahamiyatliroq bo‘ling. Chunki tanlangan birinchi yo‘nalish ustunlikka ega. Ya’ni sizning birinchi yo‘nalishdagi to‘plagan ballaringiz kontrakt ballariga to‘g‘ri kelsayu, qolgan yo‘nalishlardagi to‘plangan ballar grant ballariga to‘g‘ri kelsa, siz  kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinasiz.

https://abitur.dtm.uz/ – 20 iyundan boshlab, shu saytga kirilsa, qaysi fanlar majmuasi bo‘yicha qaysi yo‘nalishlarga hujjat topshirish mumkinligini ko‘rsa bo‘ladi.


Ulashish:
1 398
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralash davom etmoqda
Unda talabgorlar bilan “Davlat tili” (o‘zbek tili) fani bo‘yicha suhbat tashkil etildi.
NOMDOR DAVLAT STIPENDIYALARIGA NOMZODLARNI SARALASH JARAYONI DAVOM ETMOQDA
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi hamda nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralashning universitet bosqichi davom etmoqda.
Davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor A. Jabbarova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv...