Yangiliklar
Yangiliklar
|
05/05/2020
Chop etish
«Sirdaryoliklar, siz bilan birgamiz!» 

«Sirdaryoliklar, siz bilan birgamiz!»  Jizzax davlat pedagogika institutida  o‘tkazilgan xayriya aksiyasi  ana shunday nomlandi.

Avval xabar berganimizdek, Jizzax davlat pedagogika instituti  tomonidan  Sardoba suv omborida yuz bergan ofat natijasida jabr ko‘rganlarga ko‘maklashish maqsadida “Sirdaryoliklar siz bilan birganmiz!,  xayriya aksiyasiga start berilgan edi. Joriy yilning 2 may kuni o‘z ishini boshlagan ushbu aksiyada Jizzax davlat pedagogika institutining professor –o‘qituvchilari  va talabalari  faol ishtirok etishdi. 

 

SHu kungacha xayriya yordamini qabul qilish punktiga  200 nafardan ziyod odamga mo‘ljallangan bolalar va kattalar ustki kiyimlari, ko‘rpa-to‘shak va yostiqlar, oyoq-kiyim, idish-tovoq, gigiena vositalari, oziq-ovqat mahsulotlari, bolalar o‘yinchoqlarini olib kelindi.  Ehson qilingan barcha narsalar yig‘ilib kunlik viloyatimizga evakuatsiya qilingan sardobaliklarga jo‘natildi. Bundan tashqari, e’lon qilingan plastik kartalarga befarq bo‘lmagan ustoz va murabbiylarimizdan kelib tushgan  pul mablag‘lariga  zarur iste’mol tovarlari, oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar hamda boshqa buyumlar sotib olindi  va tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan xonadon vakillariga etkazildi. Bugun ham ana shunday xayriya mablag‘laridan tushgan oziq-ovqat mahsulotlari, ro‘zg‘or buyumlari va antiseptik vositalar ortilgan yuk mashinasi  Mirzacho‘l tumaniga jo‘natildi.

SHu o‘rinda Jizzax davlat pedagogika instituti jamoasiga, ko‘rsatgan bag‘rikenglik va ezguliklari uchun, shuningdek  «Sirdaryoliklar siz bilan  birgamiz!» xayriya aksiyasida ishtirok etib, murakkab ahvolda qolgan sirdaryoliklarni qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun  chuqur minnatdorlik izhor etamiz.

Jizzax davlat pedagogika instituti  axborot xizmati


Ulashish:
941
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralash davom etmoqda
Unda talabgorlar bilan “Davlat tili” (o‘zbek tili) fani bo‘yicha suhbat tashkil etildi.
NOMDOR DAVLAT STIPENDIYALARIGA NOMZODLARNI SARALASH JARAYONI DAVOM ETMOQDA
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi hamda nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralashning universitet bosqichi davom etmoqda.
Davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor A. Jabbarova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv...