Talaba ijodi…
Aziz talabalar! bugundan boshlab kanalimizda » Talaba ijodi» sahifasini berib boramiz. Sahifamizning ilk qahramoni Maktabgacha ta’lim faulteti talabasi Pokiza Quvondiqovadir. U sahifamizga o‘zi yozgan she’rlarini namunalar yo‘llabdi. Agar siz ham bo‘sh vaqtlaringda nazm va nasr yo‘nalishida ijod qilsangiz bizga yo‘llang institut telegram kanali va» Rektor talabalar» kanalida ravishda yoritib boramiz. Faol bo‘ling. Uyda qolib, o‘zingizni va yaqinlaringizni ehtiyot qiling!
Onajon…
Boringizga shukur deyman borim onam
Mehri buloq so’zi qaymoq jannatginam
Qadrdonim qorachig’im yakkaginam
Makkam onam Madinaginam
Goho bilib goh bilmayin hafa qildim
Qadringizni o’ylamasdan qalbiz tildim
Ko’cha ko’yni ba’zan sizdan ustun qo’ydim
Mehr bog’iz bir-bir bosib hazon qildim
Eh men telba qanday qilib farzand bo’ldim?
Sochlarida oq popuklar kokil taqdi
Yuzlarida xudbin ajin kulib qalqdi
Hur yoshligi almashibdi keksalikka
Nega avval xech sezmadim bugun sezdim
Shoshqin yillar o’tinaman qaytib bering yoshligini
Yoshligiga qaytsin mening bardoshligim
Siz do’stlarim bilib – bilmay xato qilmang
Onangizdan duo olib xech ham tolmang
Kelajagiz poydevorin mustahkamlang
Erta tarix qaytib kelsa , ajablanmang !
Kutaman…
Men uni kutaman
Undan sado yo‘q
Bechora qalb uchun bitta nido yo‘q
Yo‘qlikda yo‘qotdim
Zulmatda qotdim
Bepisand ko‘ngildan
Zolim nafratdan
Xudbin nigohlardan
Dovdirab qotdim
Ko‘nglim sevar edi
Uning borini
Undagi borliqda
Yashnab ketardi
O‘zini yel bilib uni parvona
Ko‘nglin olmoq uchun xandon otardi
Eh bechora ko‘ngil
Uni kutadi
Uni kutib turib kuni o‘tadi
Jizzax davlat peadgogika instituti axborot xizmati