Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
29/02/2020
Chop etish
Kitob millat ko‘zgusi(mi?)…

 Jizzax davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tgan tadbir ana shunday nomlandi …

Oliygohning Ma’naviyat targ‘ibot markazi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh. Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning biri “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish” bo‘yicha chora-tadbirlar doirasida   o‘tkazilgan davra suhbati “MENGA  SABOQ  BERGAN  KITOB”  shiori osti bo‘lib o‘tdi.

Ijtimioiy fanlar kafedrasi tashabbusi bilan tashkillashtirilgan  davra suhbatida Jizzax davlat pedagogika instituti  yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori  S.Nazarqosimov,  Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri B. Ochilova, O‘zbek adabiyoti kafedrasi dotsenti  Yu. Karimova,  Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti  B.Toshboev, Ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchilari Sh. Axrorova, S.Karimovlar bilan birgalikda institutimizning barcha fakultetlaridan bilimli, faol talabalar ishtirok etishdi. Unda so‘zga chiqqanlar kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitob mutoalasi, zamonaviy elektron kutubxonalar  va mavjud muammolar to‘g‘risida o‘z fikr mulohazalarini bildirib o‘tishdi.

Davra suhbati so‘ngida  eng faol ishtirok etgan talaba yoshlar  estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati


Ulashish:
1 033
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU–Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamkorligi amalda.
Jizzax davlat pedagogika universiteti va Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
JDPU professor-o‘qituvchilari uchun “Olimlarga ehtirom” shiori ostida jamoaviy hordiq tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektorati va kasaba uyushmasi tashabbusi bilan professor-o‘qituvchilar uchun jamoaviy dam olish tadbiri o‘tkazildi.
JDPUda “Har shanba — uzluksiz kasbiy rivojlantirish kuni” doirasida navbatdagi seminar-trening o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Har shanba — uzluksiz kasbiy rivojlantirish kuni” deb e’lon qilingan tashabbus doirasida professor-o‘qituvchilar uchun navbatdagi seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Tadbir universitet Madaniyat...