Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
15/10/2019
Chop etish
Targ’ibot tadbirida

Jizzax davlat pedagogika instituti  xodimlari  Paxtakor tumanida targ’ibot tadbirida

Joriy yilning 15 oktabr kuni Jizzax davlat pedagogika instituti xodimlari  Paxtakor tumani  6-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, Respublika Prezidentining 2017 yil 13 sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ -3271-sonli  qarori  hamda Prezident tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning 4-tashabbusi- “ Yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy, intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ular o‘rtasida kitobxonlikni yanada keng targ‘ib qilish” bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan  targ‘ibot tadbirini tashkil etishda faol ishtirok etishdi.

 

Targ‘ibot tadbirini institut xorijiy tillar fakulteti dekani A. Mamatov kirish so‘zi bilan ochib, Respublika Prezidentining 2017 yil 13 sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ -3271-sonli  qarori  hamda Prezident tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus to‘g‘risida  ishtirokchilarga qisqacha ma’lumot berdi.

  Fakultet o‘qituvchilari professor Z. Pardaeva, O. Kimlar o‘qituvchilarga mahorat darslarini o‘tdilar.

   Shundan so‘ng,  ARM xodimlaridan Sh. Isroilova  , D. Jabbarova, N. Umarovalar   “Yangi adabiyotlar sizlar uchun” mavzusidagi adabiyotlarni tadbir qatnashchilariga sharhlab berdilar.


Ulashish:
832
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.