Yangiliklar
Yangiliklar
|
26/04/2025
Chop etish
“Ta’lim va fanda sun’iy intellekt hamda raqamli resurslar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Universitetning Matematika va informatika fakultetida bo‘lib o‘tgan konferensiyani Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori v.v.b. Furqat Jo‘raqulov ochib berdi.
Yurtimizdagi bir qator OTMlar olimlari, universitet professor-o‘qituvchilari va talaba yoshlar ishtirokida o‘tgan seminar-treningda oliy matematik ta’limda sun’iy intellektning roli va ahamiyati, Ta’lim jarayonida sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni qo‘llash istiqbollari, jarayonga sun’iy intellekt texnologiyalarni joriy etishning samaradorligini oshirish, Sun’iy intellekt orqali yozma ishlarni baholash, sun’iy intellekt, raqamli ta’lim resurslari va kiberxavfsizlik ulardan samarali foydalanish bo‘yicha ma’ruzalar qilindi.

 

Seminarda boshqa davlatlardan olimlarning onlayn ishtirok etgani barcha uchun samarali bo‘ldi.  Seminar so‘ngida Mehmonlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Universitet ta’limini takomillashtirishda xalqaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari mavzusida suhbat qilindi. Faol ishtirokchilar taqdirlandi.Seminar mehmonlarning Jizzax davlat pedagogika universiteti ARMi, muzeylar va fakultetlariga tashrifi bilan yakunlandi.


Ulashish:
924
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Mustaqillik to‘yi»ning asosiy tantanalari yoshlar ijodi bilan davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbirining asosiy tantanalari o‘tkazildi.
JDPUda «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri tantanali nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri «Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajakni birgalikda bunyod...
Universitetda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
Jizzax viloyati hokimligi ishchi guruhi hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘rganish ishlari olib borildi.