E’lonlar
E’lonlar
|
24/04/2025
Chop etish
Diqqat, e’lon.
Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasida 2025-yil 25-26-aprel kunlari Toshkent shahrida “Koreya Respublikasida ta’lim olish – 2025” mavzusidagi ko‘rgazma o‘tkazilishi e’lon qilingan.

Mazkur tadbir Toshkent shahridagi Koreya ta’lim markazi binosida tashkil etilishi rejalashtirilgan (Manzil: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Tallimarjon ko‘chasi, 3-uy)

Ko‘rgazma o‘tkazilishidan maqsad – O‘zbekistonlik talabalarni Koreya universitetlarida ta’lim olish imkoniyatlari, xususan Koreya universitetlarining o‘qish tartibi, ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari, o‘qish muddatlari va shart-sharoitlari bilan tanishtirish. Shuningdek, ko‘rgazma davomida Koreyaning turli universitetlari bo‘yicha taqdimotlar namoyish etiladi.

Shu munosabat bilan, ushbu ko‘rgazmada OTM va Akademik litsey o‘quvchilari, talabalar, magistrantlar, doktorantlar, ilmiy xodimlar hamda oliy ta’lim muassasalarining tegishli kafedra va bo‘limlari, yosh o‘qituvchilar va xodimlari orasida qiziqish bildirgan ishtirok etishlari mumkin.


Ulashish:
506
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralash davom etmoqda
Unda talabgorlar bilan “Davlat tili” (o‘zbek tili) fani bo‘yicha suhbat tashkil etildi.
NOMDOR DAVLAT STIPENDIYALARIGA NOMZODLARNI SARALASH JARAYONI DAVOM ETMOQDA
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi hamda nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralashning universitet bosqichi davom etmoqda.
Davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor A. Jabbarova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv...