Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
|
07/05/2019
Chop etish
E’tibor va g‘amxo‘rlik – insoniy burch

Ma’lumki, ayni shu kunlarda 9 may – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, front orti mehnat faxriylari hamda yurtimiz ravnaqi yo‘lida xizmat qilgan keksa nuroniylar “E’tibor va g‘amxo‘rlik – insoniy burch” shiori ostida qadrlanmoqda.

Jizzax davlat pedagogika instituti rus tili va adabiyotini o`kitish metodikasi kafedrasi jamoasi ham bunday xayrli tadbirda ishtirok etmoqda.

Kafedra mudiri dos. D.Xodjimetova,404 gurux murabbiyi F.Zoirova, talabalari xamda Jizzax viloyat musiqali drama teatri direktori N.Alimova,teatr aktyorlari bilan  hamkorlikda  Sharof Rashidov tumani Qulama qishlog‘ida yashovchi ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, 98 yoshli Mamasharif Sidiqov xonadoniga tashrif buyurildi.

Otaxonni qutlash maqsadida sovg‘a-salomlar topshirilib, teatr xodimlari xamda talabalar tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.

– Bugungi yoshlarga havasim keladi, – deydi urush faxriysi M.Sidiqov, – yaxshi o‘qish, yaxshi yashash uchun barcha sharoitlar muxayyo. Ayniqsa, shu yoshga kirib, bugungidek odil va xalqparvar yurtboshi ko‘rmagan edim. Uysizlarga uy, muhtojlarga ko‘mak, keksalarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklar uchun shukr qilaman.

Artistlar ,talabalar tomonidan ijro etilgan Katyusha haqidagi qo‘shiqqa jo‘r bo‘lib, shukronalik hislari bilan otaxon duoga qo‘l ochdilar hamda yurtimizga tinchlik va xotirjamlik, elimizga farovonlik tiladilar.

Shu kuni 404 gurux talabalari D.Xodjimetova,gurux murabbiyi F.Zoirova bilan birgalikda kafedrada ko`p yillar faoliyat olib borgan,bugungi kunda pensiya gashtini surayotgan mexnat faxriysi Sayyora Majidovnani bayram bilan qutlagani xonadonlariga tashrif buyurib,sovg`alar ulashishdi.

           Rus tili va adabiyoti   o`qitish metodikasi kafedrasi o’qituvchisi F.Zoirova


Ulashish:
859
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.