Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

“President Tech Award” startap loyihalar tanloviga marhamat!

Umumiy sovrin jamgʻarmasi $1 000 000 bo`lgan  “President Tech Award” startap loyihalar tanlovining ikkinchi toʻlqini uchun arizalar qabuliga start berildi!
Tanlovning asosiy yoʻnalishi quyidagi toifalar boʻyicha oʻtkaziladi:
1. Sunʼiy intellektga asoslangan texnologiyalar; 2. Ijtimoiy sohada raqamli texnologiyalar; 3. MicroSaaS va AdTech; 4. Kompyuter va mobil oʻyinlar; 5. Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar.

Maxsus yoʻnalish 72 soat ichida raqamli yechim yaratishni oʻz ichiga oluvchi Gran-Pri Hakatondan iborat.

Sovrin jamg‘armasi o‘zgarishsiz qolmoqda — 5 ta yo‘nalishning har birida 1, 2, 3-o‘rin sovrindorlari aniqlanib, quyidagi mukofotlarga ega bo‘lishadi: 1-oʻrin — $100,000 2-oʻrin — $50,000 3-oʻrin — $30,000

Tanlovning rasmiy veb-saytida (https://awards.gov.uz/president-tech-award/#terms-of-participation) roʻyxatdan oʻtishingiz, asosiy yoʻnalishlar, oʻtkazilish sanalari va ishtirok etish tafsilotlari bilan tanishishingiz mumkin.