Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Karp baliqlarini parvarishlash va oziqlantirish

Ph (D). Qo’ziyeva S Jizzax davlat pedagogika universiteti Biologiya o’qitish metodikasi kafedrasi o’qituvchisi Ortiqova M Jizzax davlat pedagogika universiteti Biologiya o’qitish metodikasi kafedrasi o’qituvchisi Mamanova Gòzal Baxtiyor qizi Òzbekiston Milliy Universiteti Biologiya fakulteti Genetika kafedrasi 2 kurs magistranti  Annotatsiya Yopiq aylanma suv ta’minoti qurilmasi (YSTQ) da asosan baliq yemini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavodlar tomonidan ishlab chiqilgan balanslashtirigan omuxta yemdan foydalanladi. Bu zavodlar muayyan tur uchun omuxta yem ishlab chiqaradi. YSTQda baliqchilik havzasining tabiiy ozuqa bazasi yo’q faqat sun’iy beriladigan yemlar hisobiga baliqlar rivojlanishi uchun zarur bo’lgan ozuqa moddalari bilan ta’minlanadi. Albatta barcha tur baliqlari uchun sanoat omuxta yem ishlab chiqaradi, har xolda ularni bir nechta tur ekologik xususiyatlariga ko’ra bir-biriga yaqin bo’lsa almashtirish mumkin, masalan, kamalak rang forel uchun chiqarilgan omuxta yem boshqa yirtqich baliq-laqqalar tomonidan foydalanishi mumkin. Абстрактный В узлах замкнутого оборотного водоснабжения (УЗО) в основном используются сбалансированные мягкие корма, разработанные заводами, специализирующимися на производстве рыбных кормов.  Эти фабрики производят мягкие корма для определенного вида.  В YSTQ отсутствует естественная кормовая база рыбохозяйственного бассейна, используются только искусственные корма для обеспечения питательных веществ, необходимых для развития рыб.  Конечно, для всех видов рыб промышленность выпускает мягкие прикормки, в любом случае их можно заменить, если несколько видов близки друг к другу по своим экологическим характеристикам, например, можно использовать мягкую прикормку, выпускаемую для радужной форели. другими хищными рыбами. Abstract In the closed circulating water supply unit (CWW) mainly used balanced soft feed developed by factories specializing in the production of fish feed.  These factories produce soft feed for a specific species.  There is no natural feed base of the fishing basin in YSTQ, only artificial feeds are used to provide nutrients necessary for the development of fish.  Of course, for all types of fish, the industry produces soft bait, in any case, they can be replaced if several species are close to each other according to their ecological characteristics, for example, the soft bait produced for rainbow trout can be used by other predatory fish.                       YSTQda baliqlarni parvarishlash sharoiti baliqchi tomonidan boshqariladi, bu esa ko’paytirish mumkin bo’lgan baliq turlarining ro’yxatini kengaytirish imkonini beradi. Baliqlar ro’yxati turli mamlakatlarda bir – biridan tubdan farq qilishi mumkin chunki, u ko’p jihatdan mahalliy bozor talablariga bog’lik holda shakllantiriladi. Yangi istiqbolli turlarni akvakulturada iqlimlashtirish esa beriladigan ozuqaga bog’lik. YSTQning baliqlar ro’yxatini kengaytirishda keng imkoniyatlari bor, chunki ular yer yuzasi suvlari oqimi bilan bog’lanmagan, demak yangi tur mahalliy havzalarga chiqish imkoniyatiga ega emas va mahalliy iqtiofaunaga va yaqindagi hovzalar ekosistemasiga negativ ta’sir ko’rsatmaydi. Darhaqiqat, 1995 yilda qabul qilingan va O’zbekistonga 2008 yilda qo’shilgan “Bioxilma-xillik to’g’risida”gi Konvensiya talablari ham yangi turlarning mahalliy faunaga negativ ta’sirlari oldini olishga qaratilgan. Turli mamlakatlarda yetishtirilayotgan baliq turlari O’zbekiston baliqchilari uchun juda ajoyib ahamiyat kasb etadi. Bunday baliq turlariga laqqasimonlarning bir nechta turlari (kanal laqqachasi, afrika laqqasi, osiyo laqqasi va oddiy laqqa)ni, bir nechta olabug’alarni (Amerika, Avstraliya olabug’alari), tilyapiya. Osyotr baliqlarini, shuningdek, boshqa suv hayvonlaridan (qisqichbaqalar, krevetkalar, krablar, ustitsalar va boshqalar) ko’rsatish mumkin. YSTQning sovuq sharoitida yetishtirishning asosiy ob’ekti kamalak rang forel sanaladi, shuningdek, yalang baliq turlarini yetishtirish mumkin. Baliqchilar YSTQ sharoitida baliq ob’ektlarini monokulturada shuningdek, polikulturada yetishtirishlari mumkin. YSTQ suv qatlamlarida yashovchi baliqlar uchun (basseynlar unchalik chuqur emas, 1 metr atrofida) granula shaklidagi quruq, suzuvchi ekstrudirlangan yemlardan foydalangan yaxshiroq. Bunday holatda yemning yeyilishini kuzatish oson, yeyilmay qolgan yemni baliqchilik havzasidan chiqarib tashlagan ma’qul. Granulalar o’lchami baliqlar o’lchamiga mos kelishi zarur, to’g’rirog’i ularning og’iz apparati kattaligiga. har bir o’lchamdagi baliqlarga mos keladigan diapazondagi granula o’lchamlari mavjud. Yaxshisi ushbu diapazon doirasidagi katta o’lchamdagi granulalardan, yeyilishini yaxshilash va isrofgarchilikni kamaytirish maqsadida foydalangan ma’qul. Yemni ishlab chiqaruvchi tomonidan ko’rsatilgan yaroqlilik muddatlarigacha yaxshi saqlash kerak. Saqlash davrida yem oksidlanadi, demak sifati yomonlashadi, ozuqa aynisa ovqatdan zaxarlanishni keltirib chiqarishi mumkin. Yemni salqin qorong’u joylarda saqlash lozim, yem xaltalarini kemirib teshib tashlaydigan kemiruvchi va boshqa hayvonlardan himoya qilish talab etiladi. Bunday zararkunandalar nafaqat qimmatbaho yemlarni yeb qo’ymasdan balkim axlatini ham qoldirishi mumkin bu esa yemning va tizimdagi suvning buzilishiga olib kelishi mumkin. Yemni berish me’yorlarga alohida to’xtalamiz. Mashhur yem ishlab chiqaruvchi fermalar turli turdagi baliqlarni oziqlantirish, oziqlarni tayyorlash kabi masalalarda yaxshi nazariy ishlanmalarga ega. Bunday ishlab chiqaruvchilar yem bilan birga tavsiya etiladigan baliqlar o’lchami va suv haroratiga bog’lik holda yem berish me’yorlari to’g’risidagi batafsil ma’lumotlarni yem qoplarida, pasportida, o’zlarining internet saytlarida berib boradi. Baliqchidan esa faqat quyidagilarni talab qilinadi:
  • ushbu ma’lumotlarni o’qish va fikrlash;
  • har haftada nazorat ovlarini baliqlar o’rtacha og’irligini aniqlash va har bir basseyndagi baliqlar biomassasini aniq1ash maqsadida o’tkazib turish;
  • Optimal o’lchamdagi granulalarni tanlash;
  • Ushbu yem bilan oziqlantirishning kunlik me’yorini hisoblab turish.
Yemlardan samarali foydalanish va baliqlarning yaxshi o’sishi uchun baliqchi oddiy qoidalarga amal qilishi lozim bo’ladi. Yemni kuniga bir martadan ko’ra bir necha marta bergan ma’qul, buning uchun kunlik me’yorni 4-8 dozaga bo’lib har kuni bir vaqtda berish kerak. Yemni basseyn bo’ylab kattaroq maydonga ko’proq baliq ushlashi uchun sochish kerak. Yevropada mashhur bo’gan baliqlar uchun omuxta yem ishab chiqaruvchi fermalar bor:  Skcretting, Aller Aqua, DANA Feed, Biomar va boshqalar. Tipik sanoat omuxta yemidan, iliq suv baliqlari uchun yevropada mashxur bo’lgan ishlab chiqaruvchi “Aller Aqua” fermasining yemini misol tariqasida keltirib, uning reklama varaqchasini ko’rsatib o’tamiz (1-jadval). Ko’rinib turibdiki ushbu omuxta yemda protein miqdori 37%. Pastki jadvalda ushbu yem bilan qanday qilib yaxshi oziqlantirish to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, jadvalda suv harorati va baliqlar o’lchamiga bog’lik holda kuniga beriladigan yem me’yori va tavsiya qilinadigan yem granulalarining o’lchami ko’rsatilgan. Aller 37/12 Qo’llanilishi: karp, laqqa va osyotrsimon baliqlar uchun yem mahsuloti Tipi: to’liq ekstrudirlangan yem Granulalar o’lchami: XS, S, M, L – ellipssimon Tarkibi: baliq uni va moyi, bug’doy, o’simlik moyi, moy ishlab chiqaruvchi zavod chiqindilari, dukkakli don ekinlari qayta ishlash mahsulotlari, vitaminlar, mineral qo’shimchalar Vitaminlar: A-2500 ME/kg; D-500 ME/kg; E-100 mg/kg Qadog’i: 25 kg lik xalta 1-rasm. Aller Aqua – baliqlar uchun omuxta yem
Ko’rsatkichlar Granulalar XS, S, M, L
Xom protein, % 37
Xom yog’, % 12
Uglevodlar, % 31,1
Zola, % 7
Klechatka, % 4
Quruq moddadagi azot, % 6,5
Quruq moddadagi fosfor,% 1,21
Umumiy energiyasi, Kkal/Mj 4660/19,5
Hazm qilinadigan energiya, Kkal/Mj 3651/15,3
1-jadval: Yuqori mahsuldorlikka ega balanslashtirilgan yem tasnif ko’rsatkichlari. Karp baliqlarini sifatli oziqa bilan yetishtirishda uning omuxta yemlarini kunlik ratsion bilan berilishi maqsadga muvofiq. Ko’p sonli baliq boqishda ularni yaxshilab oziqlantirish lozim. Shundagina ko’zlangan maqsadga erishish mumkin. Ayniqsa, oqsilli oziqa nihoyatda zarur. Oziqa mahsuloti tarkibiga protein moddasi nihoyatda zarur. Baliq ham boshqa hayvonlar singari zarur bo’lgan ba’zi bir aminokislotalarni sintez qila olmaydi. Shu bois baliqlar uchun zarur bo’lgan  barcha mineral moddalarni o’zida jamlagan sifatli omuxta yem (Aller Aqua)dan foydalanish zarur va uni kunlik ratsion bilan berish lozim. Karp baliqlari kunlik ratsioni 2-jadvalda ko’rsatib o’tilgan. KARP BALIG’I  KUNLIK RATSIONI
Baliqlar og’irligi, g Granulalar o’lchami Suvning harorati, °C
10-15 15-20 20-26
20-50 2 mm 4,50 5,00 7,00
50-100 XS, 3,00 4,00 6,00
100-300 S 2,00 3,50 5,00
300-600 M 1,75 3,00 4,50
600-1000 M-L 1,50 2,50 4,00
1000-2500 L 1,25 2,00 3,00
2-jadval: (bir kunda baliqlar biomassasiga nisbatan % yem). Baliqlarni optimal tarzda oziqlantirish uchun baliqchi doimiy ravishda quyidagilarga e’tibor qaratishi lozim:
  1. Tizimdagi suvning haroratini vaqti-vaqti bilan aniqlab turish kerak. Kuniga ikki marta (har 12 soatda) yoki 4 marta (har 6 soatda). Ma’lumotlarni ishchi jurnalga qayd qilib borish kerak, ya’ni haroratni aniqlashni baliqchiga yoki laborantga topshirib baliqchi kuzatuv jurnalidagi ma’lumotlardan foydalanishi
  2. Basseynga baliq o’tkazilganda mos ravishda tashlangan baliqlar galasining harakatini qayd etib boradigan ishchi jurnal yuritilishi zarur. Doimiy ravishda o’lgan baliqlar soni ushbu jurnalda qayd etilishi kerak. Shunday qilib baliqchi basseyndagi baliqlar sonini aniq bilishi talab etiladi, chunki baliqlarni oziqlantirish me’yori ularning umumiy biomassasiga nisbatan belgilanadi.
  3. Har doim haftaning ma’lum bir kunida har bir basseynda nazorat ovini o’tkazib, 25 tadan kam bo’lmagan baliqni ixtiyoriy tarzda (tanlamasdan) tutib o’lchash kerak. Individual og’irligi 400 gr dan ortiq baliqlardan 10-15 tasini o’lchasa ham bo’ladi.
  4. Baliqchi basseyndagi baliqlarning o’rtacha og’irligini va sonini ko’paytirib (o’lgan baliqlarni hisobga olgan hoda)ularning biomassasini aniqlaydi.
  5. O’tkazilgan tadbirlar natijasida baliqchi suv haroratini, baliq o’lchamini va biomassasini aniqlab oladi. Jadvaldan esa shunga mos ravishdagi yem berish me’yorlari va granulalar hajmi to’g’risidagi optimal ma’lumotlarni topishi hamda shunga amal qilishi talab etiladi. Masalan baliqchi 400 gr og’irlikdagi 5000 dona baliq parvarishlayapti, basseyndagi harorat 22° C. Shunda baliqlarning umumiy biomassasi (0.4×5000)- 2000 kg. Beriladigan granulalar o’lchami “M”(yorlig’i xaltada yozilgan bo’ladi), bir sutkada baliqlar umumiy biomassasining 4,5% miqdorida beriladi, ya’ni 2000*4,5/100 – 90 kg ni tashkil kiladi. Baliqchi ushbu 90 kg yemni o’lchab oladi va 4-8 porsiyaga ajratadi, ya’ni yem bir kunda 4-8 marta ertalabdan to kechgacha beriladi.
Oziqlantirishda tavsiya etiladi: Sog’lom baliq o’sishi uchun barcha zarur minerallar va vitaminlarni o’z ichiga olgan va yetishtiriladigan baliq turlari uchun maxsus ishlab chiqarilgan to’liq ozuqa YSTQda baliq yetishtirish uchun zarurdir. Baliq yemi uchun boshqa hayvon yemlarini almashtirmang. Baliqning har xil turlari ham turli xil ovqatlanish talablariga ega, ayniqsa o’sishni optimallashtirish uchun qondirilishi kerak bo’lgan oqsilning miqdori va sifati.  Yetishtiriladigan baliqlar odatda tana vaznining 3 dan 5 foizigacha yoki ozgina vaqt ichida, masalan, besh daqiqa ichida iste’mol qilishi mumkin bo’lgan barcha ozuqalar bilan oziqlanadi. Besh daqiqadan so’ng idishda qolgan ozuqa kamdan kam iste’mol qilinadi va ortiqcha ovqatlanish suv sifatini jiddiy ravishda pasaytirishi mumkin. Suv sifati yoki kasallik bilan bog’liq muammolarning yaxshi, tezkor ko’rsatkichi baliqlar ovqatdan chiqib ketganda yoki ovqatdan bosh tortganda bo’ladi. Agar baliq to’satdan ovqatlanishni to’xtatsa, darhol ammiakning yuqori darajasi, past kislorod kontsentratsiyasi, kasalliklar yoki boshqa muammolarni tekshiring. Kamaytirilgan ovqatlanish darajasi juda yuqori va past suv haroratida sodir bo’ladi. O’sishni maksimal darajaga ko’tarish uchun har kuni bir vaqtning o’zida muntazam jadval asosida oziqlantiring. Kuniga bir necha marta tez-tez ovqatlanish, bir kunlik ovqatlanishdan ko’ra o’sish sur’atlari va ozuqani konversiya samaradorligini oshirishga olib keladi. Noto’g’ri o’sishni oldini olish uchun yemni iloji boricha bir xil darajada taqsimlang. Tizimda baliqlarni eng ko’p saqlash mumkin bo’lgan miqdori (critical standing crop) baliqlar biomassasining maksimal miqdori degan tushuncha bor. Bunda tizim sharoitlari baliqlarning o’sishiga to’sqinlik qilmaydi. Baliqchi doimiy ravishda tizimda baliqlar biomassasini saqlash mumkin bo’lgan chegaraga yaqin miqdorda ushlab turishga harakat qilishi lozim, shunda tizim maksimal darajada samarali ishlab baliqlar narxining arzonlashishiga olib keladi. Shunisi aniqki, buning uchun YSTQ dagi baliqlar to’dasining har xil yoshdagi va har xil o’lchamdagi baliqlari alohida – alohida parvarishlanishi zarur, ya’ni bitta basseynda sotishga tayyor bo’lgan baliqlar, ikkinchisida esa mayda baliqlar bo’lishi kerak. Alohida yosh guruhidagi baliqlar galasi “mustaxkam to’da” deb ataladi. Bugungi kunda baliqchilar YSTQ da saqlash mumkin bo’lgan kritik miqdorining biomassa ko’rsatkichiga yaqin sondagi baliqlarni saqlashning uchta strategiyasini farqlashadi: yetishtirish ketma-ketligi (sequential rearing) baliqlar to’dasini ajratish (stock splitting) turli o’lchamdagi baliqchilik basseynlari (multiple rearing units) Har bir baliqchi u yoki bu strategiyani uzi tanlaydi va shunga muvofiq tarzda baliq yetishtirish biznes – rejasini ishlab chiqadi. Ushbu masalaga e’tibor qaratmaslik mumkin emas, chunki YSTQ da bajariladigan keyingi ishlar ushbu biznes-rejaga bog’liq bo’ladi. Baliq yetishtirish rejasiga faqatgina hom ashyo va materillarni sotib olish kiritilmasdan baliqlarni yetishtirish strategiyasi ham kiritilishi zarur. Yetishtirish ketma-ketligi: Baliqlarning bir necha xil (yosh-o’lchami xar xil) tovar ogirligiga yetganda tanlab ushlab olinadi va ularning o’rniga mayda baliqlar (tabiiy chiqitni hisobga olgan holda) o’tkaziladi. Bu usulda bir nechta muammoli savollar kelib chiqadi:  a) vaqti – vaqti bilan baliqlarni ovlash baliqlarda stress holatini keltirib chiqaradi; b) sekin o’sadigan baliqlar ovlanmasdan qoladi, basseynda to’planib yemga sherik bo’ladi; v) baliqlarning basseyndagi o’lchami bo’yicha to’dasini aniqlash qiyinchilik tug’diradi. Baliqlar to’dasini ajratish: Ushbu usulda baliqlar chavog’i juda katta tig’izlikda o’tkazilib ular basseynda boqiladigan o’lchamga yetganidan keyin yarmi boshqa basseynga ajratiladi. Shuningdek, bu usulda baliqlar o’sishining to’xtab qolishining oldini olish va baliqlar sonini nazorat qilishni yaxshilashni maqsad qilib oladi. Usul bir basseyndan ikkinchi basseynga baliqlarni o’tkazish kanali bo’lsa juda yaxshi samara beradi. Turli o’lchamdagi baliqchilik basseynlari: Baliqlar to’dasi basseynda siqilib qolgandan keyin boshqa nisbatan katta basseynga o’tkaziladi va bo’shagan basseynga esa unga mos sondagi baliq chavoqlari o’tkaziladi. Basseynni to’dalar o’lchamiga qarab ekranlar orqali ajratish mumkin, masalan, to’g’ri burchakli basseynlarning tepa qismini baliq chavoqlari uchun ekran orqali ajratish mumkin. Ular rivojlanib o’sa boshlagan sari yana ajratish mumkin.           Xulosa Baliqlarning oziqlanish faolligi va sog’lig’i suv sathida osongina kuzatilishi uchun biz quruq sifatli omuxta yemini berishni tavsiya etamiz. Uning kattaligi baliq hajmiga mos kelishi kerak. Iste’molni maksimal darajada oshirish va chiqindilarni minimallashtirish uchun baliq osongina yutib yuboradigan eng katta omuxta bilan boqing. Oziqni yangi saqlash uchun faqat cheklangan miqdorda buyurtma bering va uni salqin va quruq joyda, hasharotlar va kemiruvchilar yo’q joyda saqlang. Kontaminatsiyalangan ozuqa bilan javobgarlik muammosi yuzaga kelganda, agar kerak bo’lsa, keyingi tahlil qilish uchun sotib olingan har bir yangi ozuqa partiyasining kichik namunalarini muzlatib qo’yish maqsadga muvofiqdir.   Foydalanilgan adabiyotlar:
  1. S. Niyozov “Baliq Bitmas Boylik” Toshkent – 2013. -192 b.
  2. M. Mirabdullayev, U.T. Mirzayev “O`zbekiston va qo`shni hududlar baliqlari aniqlagichi” Toshkent – 2011. -25 b.
  3. L.Laxanov “O’zbekistonning umurtqali hayvonlari aniqlagichi” Toshkent – 2013. -B 6-7.
  4. O. Mavlyanov, N.J. Toshmanov, L.Sh. Sanayeva “ZOOLOGIYA (Umurtqasiz hayvonlar)” Toshkent “Voris-Nashriyot” 2013. -8 b.
  5. Q.Husenov, D.S. Niyazov “Baliqchilik” O’zbekiston faylasuflar milliy jamiyati nashriyoti Toshkent 2013 y
  6. Suvankulov Sh, Abduganiyev Z, “Baliqchilik gidroinshoatlari va mexanizatsiyalash”. Toshkent 2021 y
  7. Niyozov D.S, G’afforov H.G’, “Baliqlarning oziqlanishi” darslik. Toshkent 2012y
  8. Kamilov B.G, Xalilov I.I. “Yopiq suv ta’minotiqurilmalari O’zbekiston sharoitida baliq yetishtirishning istiqbolli tizimi sifatida”. Toshkent 2017 y
  9. Azimkulovich Y.M. Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institut “O’zbekistonning turli tipdagi suv havzalarida baliq maxsuldorligini oshirishning biologic asoslari” Toshkent 2019 y
  10. Xolmirzayev D., Haqberdiyev P.S., Shohimardonov D.R., Shaptaqov E.S., “Baliqchilik asoslari” Toshkent – “ILM-ZIYO” 2016-y
  11. https//uz.wikipedia.org/wiki/Baliqchilik
  12. https://agro-olam.uz/Baliq-ozuqalari/