Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

O‘QUVCHILARNING AQLIY MEHNATI VA UNI TASHKIL ETISH

Annotatsiya: Ushbu maqolada aql-idrok va uning asosiy omillardan biri bo‘lgan aqliy mehnat hamda uni tashkil etish haqidagi masalalar ko‘rib chiqilgan. Kalit so‘zlar: aql, usul, omil, o‘qitish, sog‘lom, bilim, mutaxassis, intellektual faoliyat , ta’lim sifati. Аннотация: В данной статье рассматриваются вопросы интеллекта и умственной работы, которая является одним из основных его факторов, а также его организации. Ключевые слова: разум, метод, фактор, обучение, здоровый, знания, специалист, интеллектуальная деятельность, качество образования.   Kelajagimiz bo‘lmish yosh avlodni sog‘lom, barkamol, bilimli, musta qil va erkin fikr sohibi etib tarbiyalash muhimdir. Zero farzandlarni komil inson etib tarbiyalashda, ularda avvalo mustaqillikni va aqliy qobiliyatini rivojlantirish zarur, toki o‘quvchi mustaqil o‘qisin, mustaqil fikr yuritsin. Hozirgi davr mamlakatimiz taraqqiyoti uchun raqobatbardosh kadrlarni talab etadi. Ana shu maqsaddan kelib chiqqan holda mehnat bozori da raqobatbardosh kadrlar tayyorlaщda shaxsning aqliy rivojlanish koeffi sientiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash muhim. Ushbu maqolada aql-idrok va uni tashkil etish omillardan biri bo‘lgan aqliy mehnat hamda uni tashkil etish haqidagi masalalar ko‘rib chiqiladi. Mustaqillik sharofatiila mamlakatimizda ham ilm-fan davlat tomonidan qo’llab quvvatlanmoqda. Ilm-fanning ustuvor, eng avvalo, fundamental sohalarini rivojlantirishga alohida e’tibor berilyapti. Zero, ilmga intilish yo’qolsa, fan ham rivojlanmaydi. Ilm-fan taraqqiyoti to’xtab qolsa, jamiyatning kelajagini tasavvur etib bo’lmaydi. Shuni ko’zda tutgan holda hozirgi kunda ilm-fanga bo’lgan qiziqish, intilish, umuman o’quvchilarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash davlat siyosatiga aylangan. Kelajagi buyuk davlat barpo etishda ilm-fan, umuman ta’lim sohasining ahamiyati baland. Negaki, mamlakatning iqtisodiy qudratini, uning ertangi kunini, taqdirini ham aql-zakovat, yuksak ma’naviyat, chuqur va atroflicha bilim hal qiladi. Jahondagi taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasi, yuksalishi ilm-fanni rivojlantirish asosida qo’yilganligidan yaqqol dalolat berib turibdi. AQSh, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya kabi davlatlarda ilm-fanga alohida e’tibor bilan qaraladi. Ularda milliy daromadning salmoqli qismi ilmni taraqqiy ettirish,  

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

2181-3187   ayniqsa, fundamental fanlarni ravnaq toptirishga sarflanadi. Bu tez orada yuksak samarasini bera boshlaydi. Fanning yutuqlarini ishlab chiqarishga keng joriy etish, eng zamonaviy texnika va ilg’or texnologiya asosida ishlab chiqarish samaradorligini keskin oshirish, kam sarf bilan jahon bozorida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga keng yo’l ochadi. O‘quvchilarning intellektual faoliyatining rivojlanishi unga o‘zini qurshab turgan ob’ektiv olamni yanada chuqurroq, to‘laroq, to‘g‘riroq va aniqroq aks ettirish imkonini yaratadi hamda u dunyoning asl mohiyatini, turli yo‘sindaga o‘zaro bog‘lanishlari, murakkab munosabatlar va aloqalarni tobora aniqroq yoritadi. Shu bilan birga o‘quvchining ob’ektiv borliqqa, voqelikka, jismlarga, kishilarga va o‘z-o‘ziga nisbatan munosabati vujudga keladi. O‘quvchi ongining rivojlanishi uning tashqi olamni idrok ettiriщ da namoyon bo‘ladi. O‘qitish jarayonida o‘quvchilarning aqliy mehnat ko‘nik malari tobora rivojlanib boradi. Ular mehnatning ahamiyatini, mehnat orqasida hayot, yashash, baxt-saodat turganini anglab yeta boshlaydilar. O‘zlari ning har bir qilayottan ishiga ongli munosabatda bo‘ladilar. Keyinchalik o‘quvchilarning har biri o‘zining sevimli mashg‘ulotlaridan qutilgan maqsa dini anglab yetadilar. O‘zi bajarayotgan ishning natijasini kuzatadi, undan qanday manfaatdor bo‘lishini anglaydi. Ma’lumki, o‘quvchilarning diqqati ni o‘ziga tortib, uni aqliy mehnat qilishga jalb etish, bilimiga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otishi samarasi, eng avvalo o‘qituvchining darsda badiiylik, obrazlilik, yorqinlik, qiziqarlilik, ajablanish, ma’naviy kechinmalar ruhini uyg‘otishi kabi omillardan kelib chiqadi. Shu bilan birga darslarda o‘quvchida yaratilayotgan qiziqarli vaziyatni eng yordamchi detallari emas, balki asosiy o‘rinlarini bilishdan shodlanish quvonchi tug‘ilishi juda muhim. Shundagina o‘quvchi bilimga qiziqadi, aqliy mehnat qilishga shoshadi. Ta’lim jarayonida aqliy mehnatga yo‘naltirishning asosiy ma’no si, ijobiy yo‘llari, maktb, oila va jamoatchilik hamkorligi, o‘rab turgan muhit ta’sirlari aniqlangan. Ishlab chiqarishning o‘sishi, bozor iqtiso diyoti talablari masalaning dolzarbligini kuchaytirmoqda. Demak, iqtisod fanlarini hayot bilan bog‘lagan holda olib borilishi, turizm va servis sohalari amaliyotda qiziqarli o‘tilishi, o‘quvchilarda shu kasblarga qiziqish o‘yg‘otish, o‘quvchilarning aqliy mehnat faoliyatini tashkil etishda yaxshi samara beradi. O‘quvchilar aqliy rivojlanishiga ijobiy va salbiy ta’sir qiluvchi omillar turkumiga quyidagilarni kiritish mumkin: -ta’lim muassasalarini zamonaviy texnik vositalar va asbob uskuna lar bilan ta’minlaganlik darajasi; – turli xil to‘garaklarda qatnashish imkoniyatining mavjudligi; -oila muhitida, ya’ni yaratilgan moddiy va ma’naviy shart-sharoitlar hamda shaxslarning ruhiy pag‘batlarini yo‘lga qo‘yilganligi; -shaxslararo o‘zaro muloqot o‘rnatishning uzluksizligi va oiladagi maqbul ruhiy muhitning hukm surishi;  

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

2181-3187   -turli televizion viktorinalar, bahs-munozaralar, zukkolik, ijodkor lik, tezkorlik bo‘yicha musobaqalar uyushtirilishi va ularda ishgirok etish imkoniyatining yaratilganligi; -ortiqcha axborot, xabarlar ko‘lamini kamaytirish (masalan, videolar, avtomat o‘yinlar); -zararli odatlar bilan shug‘ullanmaslik (masalan, ichish, chekish, narko maniya va boshqalar); -yoshlarni ro‘zg‘or ishlari bilan band qilib qo‘yish, oila muhitida mehnatning shaxslararo oqilona taqsimlanmasligi va qat’iy yumush bilan shug‘ullanishga majbur etilganligi; – ayrim kasblarning nufuzini pasayib ketayotganligi o‘quvchilarning o‘quv motivlariga kuchli ta’sir qilayotganligi; -maktab, kasb-hunar kolleji va oliy o‘quv yurtlarida ta’lim va tarbiya tizimini zaiflashib borayotganligi; -o‘g‘il va qizlarda vatanparvarlik va milliy iftixor tuyg‘ularining beqarorligi va ularni shakllanib ulgurmaganligi; -xulosa qilib shuni aytish mumkinki, o‘quvchilarda tarkib topadigan aqliy rivojlanish o‘z navbatida ularda faoliyat natijalarini tahlil qilish layoqatini ham yuzaga keltiradi. Faoliyat natijalarini tahlil qilish esa murakkab ruhiy, aqliy jarayon bo‘lib, u orqali o‘quvchilarda hukm, xulosa, qiyoslash, odatli ravishda baholash kabi bilish jarayoni bosqichlarini shakllanishiga olib keladi. O’zbekiston ilm-fani hozirgi sharoitlarda o’zini-o’zi rivojlantirishning mutlaqo yangicha bosqichiga kirib bormoqda. Bu bosqich uchun quyidagi holatlar xosdir: -fundamental izlanishlar, tajriba-loyihalash va amaliy tadqiqotlarning iqtisodiy samaradorligini oshirish; -ilmiy-nazariy tadqiqotlarning fanlararo mushtarakligi va amaliyot sari yo’naltirilganligi; -ilmiy izlanishning prognozlash yo’nalishi hamda uzluksizligi; -ijtimoiy hamda pedagogik jarayonlar va hodisalarni tadqiq etishda maqsadli dasturiy, tarkibiy-tizimli va majmuaviy yondoshuvlarning qo’llanilishi; -ijtimoiy hayot va ma’rifiy amaliyot bilan, ilg’or pedagogik tajriba bilan uyg’unlik kasb etishi; -tadqiqotlar o’tkazishning texnologiyaviyligi va ulardan amaliyotda foydala nishning yuqori darajasi. XXI asrda aqliy salohiyatga, ta’lim sohasiga sarf qilinayotgan mablag’larning ahamiyatini anglab olish qiyin emas. Yaponiya, Janubiy Koreya misollari shuni ko’rsatdiki, ta’lim sohasiga yo’naltirilgan sarmoya oradan ma’lum vaqt o’tgach, juda salmoqli samara beradi.  

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

2181-3187   O‘quvchilardagi bilimdonlik ularning ma’naviy-axloqiy jihatdan shakllanishida ham muhim mexanizm rolini bajaradi. Ya’ni u orqali o‘quvchi larda o‘z-o‘zini anglash, dadillik, matonatlilik, g‘ururlanish, ishonch, ijo biy his-tuyg‘ular adolatlilik, qat’iyatlilik, boshqa shaxslar bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘lish kabi sifatlar tarkib topadi va e’tiqodiga aylanib boradi. Yuqoridagilardan shunday xulosa qilish mumkinki, o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijodga va aqliy mehnatga o‘rgatish o‘ta muhimdir. Zero, bunday tarbiyani amalga oshirish hurmatli pedagoglarimizning tajriba, malaka va qobiliyatlariga bog‘liq.  

Adabiyotlar ro‘yxati

  1. O‘zbekiston Respublikasi“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”. Toshkent, 1997 yil 24-27
  2. Asqarova O‘. “Pedagogika”. O‘quv qo‘llanma “Fan”. T. 2010y.
  3. Shodmonova. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. T., «Fan va texnologiya», 2008, 160 bet.
  4. Mamatova, S. Sulaymanova,tuzuvchilar.O‘zbekiston mediata’lim taraq qiyoti yo‘lida. O‘quv qo‘llanma.–T.: «Extremum-rress», 2015. – 94 b.
Kurbanova Sh. I. va boshqalar Aqliy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuv chi kasb egalarining mehnat fiziologiyasi, Journal of innovations in scientific and educational researchvolume-