Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Biologiyaning tizimli xarakteri – talabalar tizimli tafakkurini shakllantirish imkoniyati

JDPU Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya va uni o‘qitish metodikasi o‘qituvchisi Mustafaqulova Dildora Ismatullaevna Annotatsiya: Biologik ta’limni belgilangan maqsadlarini amalga oshirishda pedagogik OTMlarining biologiya kurslarida tirik tabiat dunyosini o‘rganishda tizimli yondashuvni qo‘llash yuqori darajada samaradorlikka erishish imkonini beradi. Kalit so‘zlar: biologiya, biotexnologiya, uzluksiz ta’lim, ximiya, amaliyot, muammo, shakl, metod, tirik tabiat, tirik organizm, hayot.              Abstract: The use of a systematic approach to the study of the living natural world in the biology courses of pedagogical HEIs in the implementation of the established goals of biological education allows to achieve a high level of efficiency.               Key words: biology, biotechnology, continuous education, chemistry, practice, problem, form, method, living nature, living organism, life.             Annotatsiya: Ispolzovanie sistemnogo podxoda k izucheniyu mira jivoy prirodы v kursax biologii pedagogicheskix vuzov pri realizatsii postavlennыx seley biologicheskogo obrazovaniya pozvolyaet dostich vыsokogo urovnya effektivnosti.          Klyuchevыe slova: biologiya, biotexnologiya, neprerыvnoe obrazovanie, ximiya, praktika, zadacha, forma, metod, jivaya priroda, jivoy organizm, jizn.   Ta’limni modernizatsiyalash (zamonaviylashtirish) yangi axborot texnologiyalari, gadjetlarning axoli barcha qatlamlarining keng foydalanishi bilan xarakterlanadi. Innovatsiyalar, biologiya va biotexnologiyalarning rivojlanishi, biologiya sohasida asrlarga totugilik ixtirolarning yaratilish, yangilangan hayotiy va ta’limiy  realliklarni bunyod qilmoqda, ular shaxs va sivilizatsiyaning rivojlanish imkoniyatlarini kengaytirmoqda, yangi garizontlarini ochmoqda. Hozirgi rivojlanishlar jarayonida buni hisobga olmaslikning xecham ilojiy yo‘q. Biologik ta’lim har tomonlama rivojlanishning instrumenti sifatida alohida e’tiborga molik. Biologik fanning statusi ko‘tarildi, ammo biologik ta’lim rivojlanishda undan ortta qolmoqda. Bu ma’lum darajada xavf tug‘diradi: biz bilimning uzviyligini yo‘qotamiz, bu esa kelgusida o‘quvchilarimizning boshqa rivojlangan davlatlardagi tengdoshlaridan ortta qolishini, ularning ilmiy tilini tushunmasliklariga olib keladi. Bugungi kunda biologiya o‘qituvchilarini tayyorlash muammosi rivojlanib va doimiy ravishda takomillashtib borayotgan umumiy o‘rta ta’lim tizimi uchun ancha murakkabliklarni keltirib chiqarmoqda.
  1. O‘zbekiston ta’lim tizimida bu muammo ijtimoiy rivojlanishning barcha bosqichlarida yaxshi tushunishadi, buning isboti sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 avgustdagi PQ-4805-son “Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini keltirishimiz mumkin. Bu qarorda «ximiya», «biologiya» kabi fanlar O‘zbekiston ta’lim tizimida ustuvor mohiyatga ega ekanligi ta’kidlangan.
Qarorda shuningdek, «ximiya», «biologiya» fanlarini o‘qitish zamondan ortda qolganligi va zamonaviy talablarga javob bermasligi, o‘qitish metodologiyasi va laboratoriyalar eskirib ketganligi tanqid ostiga olingan. Bugungi kunning talabi bilimlarni to‘plash, jamg‘arish emas, balki o‘qib o‘rganishdir, ya’ni axborotlarni izlab topish, uni integratsiyalash va amaliyotda qo‘llash, muammolarning yechimini izlash, uni prognoz qilish, demak, zamonaviy shaxs shunday sifatlarga ega bo‘lishi kerak, uning tizimli tafakkur darajasi  rivojlangan bo‘lishi, dunyoni yaxlit ko‘ra olishi hamda unda mustaqillik, mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik, o‘zgarishlarga tez moslashuvchanlik kabi sifatlar shakllangan va rivojlangan bo‘lishi kerak. Biologik ta’limning tizimliligi, protsessual xarakterga egaligi uni gumanitar va tabiiy fanlar bilan integratsiyasini (moslashuvini) ta’minlaydi. Pedagogik OTMda o‘qituvchilarni tayyorlashning metodologik tizimi bunday holatlarda uni sifat jihatdan o‘zgartirilishini taqozo qiladi va bu rivojlanishining navbatdagi bosqichi bo‘ladi. Biologiya predmet sifatida ta’lim oluvchilarga biologik reallikni ochib berishi, ular ongida yaxlit biologik tizim tushunchasini zamonaviy fan nuqtai nazaridan shakllantirishi talab etiladi. Maktab ta’limida biologik ta’limning mohiyati, biologiyaning rivojlanganlik darajasi, bu jarayonlarda tizimli tafakkurning o‘rni va roli to‘g‘risida qator tadqiqot ishlari olib borilmoqda (A.A. Bogomolova, Ye.V.  Ivanshina M.G. Nishanbaeva, L. V. Pivovarova, A.I. Sokolik, M. Sochi, Z.T. Suxova L. N. Suxorukova, A. D. Sorokin,  Ye. A. Vlasova va b.). Biologik ta’lim olam sur’ati hamda tabiiy ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda o‘rni beqiyos bo‘lib, u yaxlitlik va tabiat birligi g‘oyasiga asoslanadi, uning tizimli va darajali tuzilishi qonuniyatlar to‘g‘risidagi bilimlarni o‘zlashtirishga qaratilgan, unga tirik tabiat va uni o‘rganish metodlari xos; zamonaviy biologik bilimilarni qo‘llash ko‘nikmalarini tirik tabiat hodisalari va jarayonlarini tushuntirish uchun hamda atrof olam qoidalariga amal qilish maqsadida egallashni taqozo qiladi. Tabiatshunoslik siklida biologiya o‘quv predmeti sifatida bakalavrlarni tayyorlashda, talabalarda nafaqat tizimli tafakkurni shakllantirish va rivojlantirishsh, balki tirik tabiat dunyosi to‘g‘risidagi yaxlit tushunchalarini shakllantirish maqsadi qo‘yiladi. Mamlakatimizning qator pedagogika universitetlarida Jizzax Davlat Pedagogikada  olib borgan tadqiqotlarimizning ko‘rsatishicha, biologiya fanini o‘qitishda innovatsion metodlarni qo‘llash lozimligini ko‘rsatdi, bunda tizimli yondashuv katta ahamiyat kasb etadi. Umumiy o‘rta ta’limda biologik ta’limning o‘rni  va rolini hisobga olgan holda biologiya o‘qituvchilarini tayyorlashga e’tiborni kuchaytirish,  unda biologik bilimlarning zamonaviy inson madaniyatini shakllantirishda muhim elementi sifatida qarash lozim. Biologiyani o‘qitishda umumiy o‘rta ta’limga qo‘yilayotgan yangi maqsadli ustanovkalar biologiya o‘qituvchilarini tayyorlash muammosini ham nazariy, ham amaliy jihatdan yangi muammo sifatida ko‘rib chiqishni taqozo qiladi. Ammo o‘rta va oliy ta’limda sodir bo‘layotgan chuqur islohotlar, shu jumladan mutaxassislarning (biologiya o‘qituvchilari) tizimli tafakkurini oshirish maqsadida muhim tadqiqot ishlarini olib borish taqozo qilinadi. Shu munosabat bilan biz tadqiqotimizda pedagogika OTMlarida bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlash oliy ta’lim tizimining yangi elementi sifatida bitiruvchilarning tizimli taqakkurlarini rivojlantirishsh orqali har tomonlama shaxsiy va kasbiy rivojlantirishsh masalasini qo‘ydik.  Biologiya predmetining maqsadi talabalarda tizimli tafakkurni shaklillantirish bo‘lib, u olamni yaxlit tasavvur qilish imkonini beradi. O‘zbekiston Respublikasi OTMlarida biologiyani o‘qitish amaliyotining ko‘rsatishicha, tizimlilik talabalarning nafaqat o‘qish va tafakkurini shakllantirishdagi xususiyat, balki pedagogik innovatsiyalarni qo‘llashdagi tizimli yondashuvi bo‘lmog‘i kerak. «Biologiya» predmeti oldida turgan vazifalar: tirik tabiat haqidagi bilimlarni hamda qonuniyatlarini bilish; tirik organizmlar hayoti va faoliyatidan xabardor bo‘lish; inson bioijtimoiy mavdudot eknligi; insonlar hayotida biologiya fanining roli; tirik tabiatni bilish metodlari; o‘z shaxsiy organizmi, tirik tabiatdagi jarayon va hodisalarni tushuntirishda biologik bilimlardan foydalanish; biologiya va ekologiyaning zamonaviy yutuqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanish; biologik pribor, instrument, spravochniklar bilan ishlash ko‘nikmalariga egalik; o‘z organizmi va biologik ob’ektlarni kuzatish ko‘nikmasiga egalik; biologik eksperimentlarni o‘tkaza bilish; tirik organizmlar hamda turli axborot manbalarini kuzatishda qiziqishsh, intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishsh; tirik tabiat, shaxsiy sog‘liq va o‘zgalar sog‘ligiga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish; kundalik hayotda o‘simliklarni parvarish qilish, uy xayvonlari, o‘z sog‘ligi to‘g‘risida qayg‘urish, o‘ziga va o‘zgalarga birinchi yordam berishni bilish kabi bilim va ko‘nikmalaridan foydalanish; tabiatga, o‘z organizmiga, boshqa insonlar sog‘ligiga nisbatan o‘z faoliyatini baholash; atrof olamda, sog‘lom turmush tarzi me’yorlari, kasalliklar profilaktikasi, travmatizm va stareslar (qattiq hayajon), yomon odatlar (chekish, ichish), VICh-infeksiyasi kabi munosabatlarda xulq qoidalariga amal qilish. Yuqorida ko‘rganimizdek, ta’limda asosiysi tirik materiyaning paydo bo‘lish darajalarini tushunish sanaladi. Aynan shunday yondashuv materialni ketma-ketlikda kengaytirish hamda murakkablashtirish imkonini ta’minlaydi, bunda o‘quvchining yoshi, tayyorgarlik darajasiga mos ravishda ta’lim bosqichlari mantiqan murakkablashib boradi. Ta’limga yaxlit, tizimli yondashuv biologiyani bir butun predmet sifatida qabul qilish imkonini beradi. Bu esa o‘qtishga ma’lum talablarni ham qo‘yadi. Biologiyani yaxlit o‘quv predmeti sifatida o‘qitishga tizimli-tuzilmaviy yondashuv o‘quv materiali mazmuniga, uning metodik tuzilishiga ma’lum talablarni qo‘yadi. Tizimli yondashuv – bu nafaqat jarayon, balki u malaka hamdir. Tizimli yondashuvni o‘rganib olgan inson umuman boshqa garmonik olamda yashay boshlaydi, u atrof-muhit ob’ektlarini boshqacha ko‘z bilan, boshqa reallikda ko‘ra boshlaydi Aqliy rivojlanishning umumiy qonunlaridan biri – «umumiydan –  xususiyga» pedagogik amliyotda tizimli-tuzilmaviy yondashuv asosida quriladi. Biologik tizimga xarakterli bo‘lgan «tiriklik xususiyatlari» – Metabolizm – Reproduksiya – Irsiyat – O‘zgaruvchanlik – O‘sish va rivojlanish – Sezuvchanlik – Diskretlik – O‘z-o‘zini regulyatsiya qilish»lardir . O‘zbek olimlari M. Nishanbaeva, F. Rabbimova, E.O. Turdiqulovlar biologiya bilan ekologiyaning aloqalari hamda ushbu fanlarning o‘rta va oliy maktablarda o‘qitilishi bo‘yicha tadqiqot ishlari olib borishgan. Bu tanlov bekorga emas, chunki biologiya o‘quv predmeti sifatida ishlangan, tartibga solingan ilmiy tizimiga ega . Demak, ob’ektlar va hodisalar orasidagi aloqalarni aniqlash katta qadriyat sanaldadi, ular bir qarashda mazmun va mohiyattan bir-biridan uzoq narsalarday ko‘rinadi (masadlan, kletkali-to‘qimali va populyatsion-biogeotsentrik darajalar; mikroskopik bakteriyalar, suv o‘simliklari, qo‘ziqorinlar, flora va faunaning katta vakillari;  biologik evolyusiyaning tabiiy jarayonlari va tabiatni o‘zgartiruvchi inson faoliyati). Necha o‘n yillardan beri pedagogika va psixologiyada tizimli yondashuvni ta’lim jarayonida qo‘llash va tabiiy sikl o‘quv fanlari mazmunini ochishda faollik ko‘rsatib kelmoqda. Ular o‘rta va oliy ta’limda umumiy va pedagogik psixologiyaning turli aspektlarini o‘rganishda (Dj. Bolduin, E. Bono, L.S. Vыgotskiy, V.A. Ganzen, D. Gilford, V.V. Davыdov, B.F. Lomov, E. Meyman, J. Piaje, V.D. Shadrikov), pedagogika aspektlarini o‘rganishda (V.P. Bespalko, V.I. Zagvyazinskiy, Yu.A. Konarjevskiy, V.P. Kraevskiy, V.A. Slastenin,), o‘quvchi va talabalarning intellektual qobiliyat va tizimli tafakkurini shakllantirishda (A.N. Drobaxina, Ye.V. Zaika, T.V. Dogadina, O.V. Bezrodnova, V.P. Komaristaya, D.M. Kartashova, M.V. Maщenko, I.B. Novik,  A.V. Panov,  M.A. Fedorova, N.A. Sapojkova, E.P. Komarova, I.A. Sыchev, Yu.V. Fedoseeva, Ye.D. Nesterova) qo‘llanilib kelinmoqda. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak tizimli tafakkur, bir tomondan, real mavjud aloqalarni ochib bersa, boshqa tomondan – ushbu aloqalarni o‘rganish va tartibga solishda o‘zi ham shakllanadi va takomillashib boradi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 avgustdagi PQ-4805-son “Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. 2.Avazov Sh. Ekologicheskoe vospitanie  starsheklassnikov selskoy shkolы v protsesse  kraevedcheskoy deyatelnosti: Avtoref. diss….kand.ped.nauk.-Tashkent, 1993. -19 s. 3.Averyanov A. N. Sistemnoe poznanie mira: metodologicheskie problemы / A. N. Averyanov. – M. : Politizdat, 1985. – 263 s. 4.Azizxodjaeva N.N. Pedagogicheskie texnologii v podgotovke uchitelya. –Tashkent, 2003. -237 s. 5.Aksel Ye.V. Osobennosti texnologii mentalnыx kart i yee primeneniya v uchebnom protsesse (na primere uchebnoy dissiplinы biologii)  https://www.suvc.ru › files › doc › aksel_e.v.pdf 6.Mustafaqulova D. I., Usanov U.N., “TALABALARDA TIZIMLI TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISH”, “Journal of Natural Science” №5/3  2021 y. http://natscience.jspi.uz.
  1. Mustafaqulova D. I.Tizimli tafakkurni hususiyatlari. «Uzluksiz ta’lim sifatini oshirish: ta’lim muhiti,ta’lim mazmuni,metodlogiyasi va baholash» 2022 – yil 22 – oktabr. 129 – 134 b.
  2. Mustafaqulova D. I.Zamonaviy mutaxassis – pedagoglarni tayyorlashda tizimli tafakkurning mohiyati va imkoniyatlari. «Uzluksiz ta’lim sifatini oshirish: ta’lim muhiti,ta’lim mazmuni,metodlogiyasi va baholash» 2022 – yil 22 – oktabr. 135 – 138 b.