Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/10/2017
Chop etish
Xotira uyg‘onsa go‘zaldir

Jizzax davlat pedagogika instituti o‘zbek tili va adabiyoti fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinining 2017 yil 27 martdagi “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi PQ 2854-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 18.10.2017 kuni “Xotira uyg‘onsa go‘zaldir” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinining 2017 yil 27 martdagi   “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi PQ 2854-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax davlat pedagogika instituti o‘zbek tili va adabiyoti fakultetida tadbir o‘tkazildi. Tadbirning ochilish marosimi soat 800 da boshlandi. Tadbirni institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar prorektori F.Axmedov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Tadbirga Sh.Rashidov muzeyidan va institutning barcha fakultetlaridan mehmonlar taklif qilindi. Tadbirga ko‘rgazma uchun Sh.Rashidov muzeyidan eksponatlar keltirildi. Talabalarga fakultet professor-o‘qituvchilari va taklif etilgan mehmonlar tomonidan ma’ruzalar o‘qildi. Fakultetning 301 va 315 o‘quv auditoriyalarida badiiy kecha va she’rlar, maqolalar hamda taqdimotlar tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlov g‘oliblari faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.


Ulashish:
1 133
Boshqa rubrikalarda mashhur

Maktab hududiga ko‘chatlar ekildi.
“Birinchi qo‘ng‘iroq” hamda “Kelajak soati” mustaqillik darslari yakunida Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori boshchiligidagi ustozlar jamoasi 45-umumta’lim maktabi hududiga mevali va manzarali ko‘chatlar o‘tqazishdi.
“Kelajak soati”da bitiruvchilar bilan suhbat: “Hammangizni universitetimizda kutaman”
Bugun yurtimizdagi barcha umumta’lim maktablarida 2025–2026 o‘quv yilining birinchi dars soati — “Mustaqillik darsi” va “Kelajak soati” o‘tkazildi. Ushbu darslarda istiqlol yillarida erishilgan yutuqlar, yoshlarimiz...
JDPU rektori 45-umumta’lim maktabida tantanali tadbirda qatnashdi.
Bugun, 2-sentyabr kuni, Jizzax viloyatidagi 560 ta umumta’lim maktablarida 2025–2026 o‘quv yili darslari tantanali ravishda boshlandi. Joriy o‘quv yilida viloyat bo‘yicha 30 643 nafar bolajon...