Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Ozerbayjondan gapiramiz

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan  ajratilgan IL-422105568-sonli “Hayot uchun xavfsiz sogʻlom turmush tarzini targʻib qiluvchi maxsus mashqlar majmui va uning multimediali elektron dasturiy mahsulotini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyiha ijrosi hamda Ozarbayjon Respublikasi Gimnastika federatsiyasining 2022-yil 21-apreldagi taklifnoma xatiga asosan Jizzax davlat pedagogika institutning jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi dotsenti Alisher  Olimov joriy yilning 10-24 may kunlari Ozarbayjon Respublikasining Baku shahriga xizmat safariga yuborildi. Yurtimizdagi bir qancha oliygohlardan taklif etilgan professor-o‘qituvchilar bilan ishchi guruhi a’zosi sifatida birga xizmat safarida bo‘lib turgan hamkasbimiz A.Olimovning xabar berishicha tashrif davomida ishchi guruhihamda loyiha rahbari  B.Musaev  Ozarbayjon davlat va jismoniy tarbiya sport akademiyasi rektori Fuat Gadjiev qabulida bo‘lib oliygoh bilan hamkorlik shartnomalarini imzolash tug‘risida muzokaralar o‘tkazishgan. Shundan so‘ng akademiyaning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Taxmina Xanum boshchiligida mehmonlarga o‘kuv jarayoni, me’yoriy xujjatlar tanishtirilgan. Akademiya ilmiy labaratoriyasi bo‘lgan mehmonlarga mudir Xayyam Abbasov ushbu labaratoriyaning imkoniyatlari haqida bergan ma’lumotlari barchada birdek manzur bo‘lgan.