Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Xotira Muqaddas qadriyat…

Har doim o‘tmishga nazar tashlab, undan tegishli xulosalar chiqarish va shunga muvofiq ish tutish xayrlidir. Bu – jamiyat kelajagini bunyod qilishda tarixning muhim ahamiyat kasb etishiga dalildir. Yaratgan kimgadir uzun, kimgadir qisqa umr ato etar ekan. Lekin kimdir insonlar asr bo‘yi bajara olmaydigan ishlarni qisqagina umri ichida uddasidan chiqa oladi. Odamlarga, vataniga, jamiyatga foydali insonlar bo‘lgani uchun ularni hamma yaxshi ko‘radi va uzoq yillar yaxshilik bilan yodga oladi. Jizzax davlat pedagogika instituti rektori tashabussi bilan 9-may Xotira va Qadrlash kuni arafasida  bir necha yillar oliygohda faoliyat yuritgan  bugungi kunda marhum ustozlar ham yodga olindi. Mana shunday ulug‘ insonlardan biri, shogirdlari qalbida faxr va iftixor bilan eslanib, mangu yashayotgan ustoz  Sirojxon G‘ozievdir.  Ustoz ko‘p shogird tarbiyalaganiga qaramay o‘zi ham ilm olishdan aslo to‘xtamadi. -Kamtar ustoz, hammani bir nazarda ko‘rar, chaqirilgan joyga borar va hech kimning ko‘nglini qoldirmasdilar, Savob ishlarga shamoldan ham tez edilar. Ustoz talabalarga, yon atrofdagilarga mehribon, eng kerakli pand – nasihatlarni berar, ham moddiy, ham ma’naviy yordamlarini ayamas edilar. Insonlarni doim yaxshilikka boshlar edilar, -deydi shogirdlari Raxim Yormatov Sirojxon G‘oziev hayot bo‘lganlarida bugun 65 yoshni qarshilagan bo‘lar edilar. Farzandalar va yaqinlar davrasidagi  suhbatda ustozning xayot yo‘li, uning orzulari, qilgan ezgu ishlari  xotirlandi. Xotira – faqat insoniyatga berilgan ulug‘ bir tuyg‘u. Inson o‘tgan yaqinlarini vaqti-vaqti bilan xotirlab, ruhlarini shod qilishi yuksak insoniy fazilatdir. Agar inson umri davomida xalqi, vatani, uchun xizmat qilib o‘tsa, uning har bir xizmati samarasi sizni xotirlashga undayveradi. marhum ustoz, faxriy senator Bahrom Mamajonov ham ana shunday eslashga va xotirlshga arzigulik inson edi. Ustoz Baxrom Mamajonov o‘zidan ibrat  bo‘ladigan ko‘p xislatlar qoldirdi,-deydi institut rektori Sh.Sharipov , ustozning nafaqat oliygohga balki Jizzax viloyatiga ham ko‘p mehnatlari singganini hammamiz yaxshi bilamiz. Marhum ustozlar xonadonida bo‘lgan uchrashuvlar davomida ularning yaqinlari oila a’zolari  ko‘rsatilgan  kichik e’tibordan minnatdor ekanliklarini bildirishdi. O‘tganlar xotirasini yodda saqlash va ruhlarini shod etish muqaddas qadriyat.  Xalqimizga xos bo‘lgan mehr-oqibat, muruvvat va himmat, keksalarni ardoqlash, ko‘makka muhtojlarning hurmatini joyiga qo‘yish qon-qonimizga singib ketgan fazilatlardir.