Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

“Sinergetika-2” kitob taqdimoti o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti “Falsafa, tarbiya va huquq ta’limi” kafedrasi hamda Magistratura bo‘limi hamkorlikda yaxshi bir tashabbusga qo‘l urishdi. Ushbu tashabbusga ko‘ra bugun institutda  Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi professori Baxtiyor To‘raevning  “Sinergetika-2” kitobi taqdimoti o‘tkazildi.  Taqdimotni professor Baxti Ochilova ochib berdi.  Savol javoblar va muallif tomonidan taqdim etilgan qiziqarli ma’lumotlar asosida bo‘lib o‘tgan taqdimot so‘ngida Islom akademiyasi malaka oshirish markazining Samarqand filiali direktori professor J.A.Ochilov tomonidan master-klass ham o‘tkazildi.