Yangiliklar
Yangiliklar
|
28/02/2022
Chop etish
Munosiblar taqdirlandi…

Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti Kengashining navbatdagi majlisi odatdagidek taqdirlash marosimi bilan boshlandi.

Dastlab institut rektori Sh.Sharipov  bir guruh professor-o‘qituvchilarga ilmiy unvon  va ilmiy darajalar bo‘yicha berilgan diplomlarni tantanali ravishda topshirdi. Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, I.Karimov hamda A.Navoiy nomli Davlat stipendiyalariga sazovor bo‘lgan talabalar va ularning ilmiy rahbarlari ham faxriy yorliqlar bilan taqdirlanishdi. Taqdirlash marosimida shuningdek  Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan “Eng yaxshi ilmiy tadqiqotchi” maqolalar tanlovida ishtiroki bo‘yicha esdalik nishoni bilan taqdirlangan  Guljaxon Jumanazarova hamda  Farangiz Tursunboevalarning yutuqlari  ham e’tirof etildi.

 

 

 


Ulashish:
882
Boshqa rubrikalarda mashhur

NOMDOR DAVLAT STIPENDIYALARIGA NOMZODLARNI SARALASH JARAYONI DAVOM ETMOQDA
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi hamda nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralashning universitet bosqichi davom etmoqda.
Davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor A. Jabbarova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv...
JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi.