Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

FIKR.

Kecha Zargarlik mahallasining bozorchasi yonidan o‘tayotib, bir go‘zallik saloni nomlanishiga ko‘zim tushib qoldi: Miss Lady. Nima nazarda tutilgan? Tushunarsiz. Agar har bir so‘zning ma’nosiga e’tibor berib tarjima qilsak, bilmadim nima kelib chiqadi. Ammo ushbu ikkala so‘zning o‘ziga xosligi bor. Mazmunan bu so‘zlar Miss – ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarda turmushga chiqmagan qiz uchun murojaat. Bu turmushga chiqmagan ayolga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat sifatida ham, murojaat qilinayotgan shaxsning familiyasidan oldin ham ishlatilishi mumkin. Ledi – inglizcha so‘z «xonim», «bekam» degan ma’noni anglatadi; ingliz tilida so‘zlashuvchi dunyoda, ayol uchun muloyim atama, shuningdek, berilgan nom bilan ishlatiladigan Britaniya aristokratik unvoni, zodagonlik unvoni.   Nahotki qiziqtira oluvchi boshqa o‘zimizga xos atama topilmagan bo‘lsa? Yoki bu o‘sha ingliz tiliga bo‘lgan moda so‘zlardan biri bo‘lsa kerak. Menimcha, har qanday holatda ham nomlanishlar ushbu tashkilot deymizmi, kichik korxonami uning yo‘nalishiga xos va mos bo‘lishi. Mumkin bo‘lsa aynan o‘zbekcha nomlanishlarni tanlansa ayni muddao bo‘lardi. Bu hali bittagina misol. AFSUSKI: shahrimiz bo‘ylab bunday “sermazmun”, “ma’nodor” yozuvlar ko‘pgina uchraydi. Karimov N.M. – Rus tili va adabiyoti fakulteti, Rus adabiyoti va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi