Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
E’lonlar
E’lonlar
|
30/11/2021
Chop etish
E’LON!!!

O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, Moskva avtomobil va avtomobil yo‘llari texnika universiteti (MADI) tomonidan respublikamiz fuqarolari uchun “Vse dorogi vedut k MADI – 2022” xalqaro intellektual tanlovi

o‘tkazilmoqda. Mazkur tanlovda g‘olib chiqqan nomzodlar Rossiya Federatsiyasining federal byudjeti hisobidan Moskva avtomobil va avtomobil yo‘llari texnika universiteti (MADI)ga o‘qishga qabul qilinadilar. Shuningdek, ushbu grant talabalar turar joyidan yashash joyi va oylik stipendiyani o‘z ichiga oladi. Tanlovda qatnashish istagini bildirgan nomzodlar grant.madi.ru  veb-havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari zarur.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun muddat: 2022-yil 28-yanvar

Magistratura va doktorantura uchun muddat: 2022-yil 17-yanvar

Tanlov uchun test sinovlari 2022-yil 29-yanvarda har bir nomzodning “Shaxsiy kabinet”ida onlayn bo‘lib o‘tadi.

Tanlov g‘oliblari o‘zlari tanlagan ta’lim dasturi, ya’ni bakalavr, magistratura yoki doktorantura ta’lim dasturi bo‘yicha o‘qishga qabul qilinadilar.

Murojaat uchun: Jizzax davlat pedagogika instituti “Xalqaro hamkorlik bo‘limi” rahbari Sh. Rashidov

Tel: 99891209-07-66


Ulashish:
969
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.