Jizzax davlat pedagogika institutida AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika instituti rektori Sh.S.Sharipov oliygoh majlislar zalida AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi madaniyat ishlari bo‘yicha ma’sul xodimi Sarah Talalay va Akses grant dasturiga biriktiriladigan ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha assistent Jeymes Reddiy bilan uchrashdi.
Uchrashuvda institut rektori Sh.Sharipov elchixona vakillariga Jizzax davlat pedagogika instituti tarixi, uning bugungi kundagi faoliyati, shu kungacha o‘rnatilgan halqaro aloqalar haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi. Shu bilan bir qatorda ularning tashrifidan minnatdor ekanligini, mana shunday loyihalarda ishtirok etish, ustoz va talabalarning chet tillarda xususan ingliz tilida yanada ravon so‘zlashishlariga turtki berishi ko‘proq bilimga ega bo‘lishi haqida so‘zladi.
Muloqot chog‘ida Sarah Talalay O‘zbekistonga kelganiga uch oy bo‘lganligini Jizzaxdagi uchrashuv esa uning ilk xizmat safari ekanligini shu bilan bir qatorda, Akses grant dasturiga biriktiriladigan ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha assistent James Reddiyning O‘zbekistonga birinchi tashrifi aynan Jizzaxdan boshlanganligini ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek u o‘z so‘zida bugun AQSh elchixonasi tomonidan ta’limga oid 15 ga yaqin turli loyihalar mavjudligini Jizzax davlat pedagogika instituti o‘qituvchilari va talabalarning mana shunday loyihalarda qatnashib o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rishlari mumkinligini bildirdi.
Samimiy suhbat tarzda bo‘lib o‘tgan uchrashuv so‘ngida mehmonlarga institut rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.