Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Ramazon aytib keldik uyingizga …

Ramazon – saharlik oyi, ro‘za oyidir Bizning iftorga bo‘lgan e’tiborimiz saharlikdadir. Ro‘zaning boshlanishi saharlik, tugashi iftorlikdir. Ro‘zaning tugashi bo‘lgan iftorga qaratilgan e’tibor, boshi bo‘lgan saharlikka qaratilmasa, bu yaxshilik alomati emas. Ro‘za oyi bo‘lgan Ramazon, iftor oyiga aylantirilmasligi darkor. Hatto “iftor” so‘zining ma’nosi ham noto‘g‘ri qo‘llanilmoqdadir. Iftor (to‘ygunicha yeyish emas) faqat “og‘izni ochish” demakdir. Ramazon – isrof oyi emas Shubhasiz, mol bilan vaqt isrofi hech qachon xush ko‘rilmaydi. Ramazon oyida esa mol hamda vaqt isrofiga yo‘l qo‘yish aslo mumkin emas. Iste’mol qilinmasdan tashlangan yeguliklar, bir ko‘rishib hol-ahvol so‘rashish bahonasi bilan o‘ktazib yuborilgan soatlar, umrlar Ramazonning puchga chiqqanining nishonanasidir. Ovqatlanish vaqtining ikki baravar kamayishiga qaramay, oshxona xarajatlarining ortishi nimadan darak berishi mumkin? Kechasi yarim soatga kamaygan uyqu sababli unga soatlarcha uyquni ilova qilish, kunduzlari uyqu bilan vaqtlarni behuda o‘tkazish Ramazonda yuzaga kelgan ishlardir. Molu vaqtda isrof bor ekan, Ramazon tubi teshik bir paqirga aylanishi mumkin. Ramazon – zuhd va barokat oyi Ramazon taom iste’mol qilishni va ikkinchi darajali ehtiyojlar ro‘yxatini kamaytirish hamda oxirat uchun tayyorgarlik ko‘rish fursatidir. Ramazonda molimiz hamda vaqtimiz barakali bo‘lishi, o‘tgan o‘n bir oyda qilolmagan savobli amallarimizni qilish imkoni, vaqti bo‘lmog‘i lozim. Ayollarimiz (onalarimiz, xotinlarimiz, qizlarimiz) muborak kunlarni oshxonada ovqat tayyorlash va idish-tovoq yuvish bilan o‘tkazmasliklari kerak. Shuningdek, mo‘min kishi ham vaqtini choyxonada o‘tkazishi to‘g‘ri emas. Bu oyda molimiz, vaqtimiz, ibodatimiz, shuurimiz, uxuvvatimiz (islomiy aka-ukaligimiz) barakali bo‘lishi lozim. Ramazon oyiga kirgandagi holimiz yaxshi tomonga o‘zgargan holda Ramazondan chiqmog‘imiz kerak. Ramazon  – asabiylashish oyi emas Ro‘zador bo‘lgani uchun asabiylashgan, baqirib-chaqirgan, urib-sindirgan musulmon xatokordir. Iftorga yetisholmagani, tarovihga borolmagani uchun birovlarga aziyat yetkazadigan, beadab so‘zlarni ishlatadigan mo‘min, Ramazonini qo‘ldan boy bergan mo‘mindir. Oila a’zolaridan birini ranjitgan, hamkasblarini yoxud masjiddagi birodarlarini xafa qilgan mo‘min sinovini tahlikaga qo‘ygan mo‘mindir. Ramazonda asabiylashib, boshqa paytlar esa sabrli bo‘lgan musulmon, tuzalishi qiyin bo‘lgan da’vo egasidir. Ro‘zani buzuvchi yegulik-ichguliklar singari so‘zlar ham tiyilishimiz kerak bo‘lgan ro‘yxatdan o‘rin olishi shart. (islom.uz. saytidan olindi )