Yangiliklar
Yangiliklar
|
12/03/2021
Chop etish
XALQARO HAMKORLIK ALOQALARI DAVOM ETADI

Jizzax davlat pedagogika instituti bilan Buyuk Britaniyaning Portsmud universiteti o`rtasida tuzilgan Memorandum doirasida navbatdagi hamkorlik uchrashuvi bo`lib o`tdi.

Ushbu uchrashuv ZOOM  platformasi orqali onlayn bo`lib o`tdi. Uchrashuv dastlab Portsmud universiteti Xalqaro aloqalar koordinatori Joe Hall va Chet tillar fakulteti dotsenti v.b. Jabborova Anoralarning magistratura yo`nalishi bo`yicha qo`shma dasturni, malaka oshirish kurslarini va Portsmud universiteti professor o`qituvchilarini JDPI  talabalari uchun darslarga jalb etish masalalarini muhokama qilishdan boshlandi. Shundan so`ng, Portsmud universitetining “Faculty of Humanities and Social Sciences” – Ijtimoiy gumanitar fanlar fakulteti hamda  “Faculty of Linguistic and Education” – Lingvistika va ta`lim fakultetining professorlari Dr. Charlotte Boyce , Dr. Charles Leddy Owen va Dr.  Glenn Hadikinlar Chet tillar fakulteti talabalari va professor-o`qituvchilari uchun turli mavzularda ma`ruzalar qilishdi. Ma`ruzalar so`ngida o`qituvchilar va talabalar o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.


Ulashish:
919
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralash davom etmoqda
Unda talabgorlar bilan “Davlat tili” (o‘zbek tili) fani bo‘yicha suhbat tashkil etildi.
NOMDOR DAVLAT STIPENDIYALARIGA NOMZODLARNI SARALASH JARAYONI DAVOM ETMOQDA
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi hamda nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralashning universitet bosqichi davom etmoqda.
Davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor A. Jabbarova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv...