“Faxriy senator” bu umrbod el xizmatidagi senator,- deydi Bahrom Mamajonov
Xabaringiz bor Oliy Majlis Senati Kengashining 2021 yil 1 fevraldagi qarori bilan bir guruh senatorlarga maxsus maqomlar berildi.
Ularinng ichida hamyurtimiz, Jizzax davlat pedagogika institutida ko‘p yillardan buyon faoliyat olib borayotgan ustoz Baxrom Mamajonovga “Faxriy senator” maqomining berilishi ko‘plar qatori institut jamoasini ham quvontirdi. Jizzax davlat pedagogika instituti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi ham ustoz B. Mamajonovni hamda bir qator ilmiy unvonlarni olgan ustozlarni taqdirlash marosimi bilan boshlandi. Unda so‘zga chiqqan institut rektori Sh.Sharipov ustoz B. Mamajonovga bunday maqom berilishi ko‘ksimizni faxrga to‘ldirishini, bir necha yillardan beri shu dargohda mehnat qilib ko‘plab shogirdlar va hamkasblar mehrini qozongan ustoz bu maqomga chindan ham loyiq ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
“ menga ko‘rsatilgan bu kabi hurmat va e’zozga javoban doim el xizmatida bo‘laman faxriy senator degani umrbod senator deganidir,”-deydi ustoz B. Mamajonov
Shundan so‘ng bir qator ilmiy unvon va darajalarga ega bo‘lgan bir guruh ustozlar ham institut rahbariyati tomonidan taqdirlandilar.