Yangiliklar
Yangiliklar
|
14/11/2020
Chop etish
E’lon!!

A. Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti talabalari diqqatiga!!!

Hurmatli talabalar Respublika komissiyasining 2020-yil 12-noyabrdagi yig‘ilishi qaroriga muvofiq joriy yilning 16-noyabridan Jizzax davlat pedagogika instituti 1-kurs talabalari uchun o‘quv jarayoni an’anaviy (offlayn) shaklda davom ettiriladi.

Dars mashg‘uloti soat 9:00 dan boshlanadi.

2-3 kurslar uchun an’anaviy darslar esa masofaviy (onlayn) tarzda davom ettiriladi. Shuni ma’lum qilamizki 2-3 kurs talabalari uchun an’anaviy darslar bosqichma – bosqich tashkil etiladi, aniq sanasi esa Jizzax davlat pedagogika instituti rasmiy sayti jdpu.uz hamda https://t.me/jspiuz telegram kanallari orqali talabalarga yetkaziladi.

4-kurslar pedagogik amaliyotda bo‘lgani bois ularga ham pedagogik amaliyotlar tugagandan so‘ng dekabr oyidan an’anaviy ta’lim jarayoni boshlanadi. Aziz talabalar Jizzax davlat pedagogika instituti rasmiy sayti jdpu.uz, hamda https://t.me/jspiuz telegram kanallarini kuzatib boring, ushbu kanallar orqali rasmiy hamda tasdiqlangan ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.

Jizzax viloyatidagi barcha OTM larning  TTJ  hamda institut  TTJ (talabalar turar joyi) «Covid-19» bilan xastalangan bemorlarni davolash uchun davolash markazlariga aylantirilgani sababli talabalar vaqtinchalik  TTJ (talabalar turar joyi) bilan ta’minlanmaydi.

Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati .


Ulashish:
4 880
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida narkojinoyatlar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi ishchi guruhi tomonidan Jizzax davlat pedagogika universitetida narkojinoyatlarning oldini olish hamda psixotrop moddalarning...
G‘oliblarga munosib e’tirof: JDPU talabalari Turkiyada ijodiy-ma’rifiy safarda
“Yangi O‘zbekiston talabalari Olimpiadasi” sport musobaqalarining respublika final bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchi talabalar hamda ularning murabbiylarini rag‘batlantirish maqsadida Universitet rektorining tashabbusi bilan Turkiya Respublikasiga...
JDPUda nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralash davom etmoqda
Unda talabgorlar bilan “Davlat tili” (o‘zbek tili) fani bo‘yicha suhbat tashkil etildi.