Toşkent şahrida “Özbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida “Markaziy Osiyo — ta’lim, fan va innovatsiyalarning yangi makoni” mavzusidagi Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumi bölib ötmoqda.
Forumda Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Turkmaniston ta’lim vazirlari, xorijiy universitetlar rahbarlari, xalqaro taşkilotlar vakillari hamda ekspertlar iştirok etmoqda. Anjuman Markaziy Osiyoda ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş, oliy ta’lim muassasalari örtasidagi aloqalarni mustahkamlaşga qaratilgan.



Mazkur xalqaro forumda Jizzax davlat pedagogika universiteti vakillari ham iştirok etmoqda. Forum doirasida universitet rektori M. Yuldaşev hamda Qozoğiston Milliy Qizlar pedagogika universiteti rektori Karimova Beybitkul Sarsemxanovna örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.



Memorandum ta’lim va ilm-fan sohasida tajriba almaşiş, professor-öqituvçilar va talabalar akademik mobilligini rivojlantiriş hamda qöşma ilmiy loyihalarni amalga oşiriş orqali ikki universitet örtasidagi hamkorlikni kengaytirişga xizmat qiladi.
